Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Murojaatlar bilan ishlash davom etmoqda
янв.21
Aholi murojaatlari bilan ishlash va fuqarolarni rozi qilish – deputat e'tiborida.
янв.21
Avtobus bekatlari holati o‘rganildi
янв.21
Kengash qaror ijrosi joyida o'rganildi.
янв.21
Aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati o‘rganildi.
янв.21
Doimiy komissiya yig'ilishida Kengash qarori ijrosi va navbatdagi sessiya masalalari muhokama qilindi.
янв.21
Deputat tomonidan chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketish holati o‘rganildi.
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar sifati va moddiy yordam tayinlanishi o‘rganildi.
янв.21
Yoshlar yutuqlari e’tibor markazida
янв.21
G‘OZG‘ON SHAHRIDA GIYOHVANDLIK VA KIBERJINOYATCHILIKKA QARSHI TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
Qonunchilik palatasi deputati Qamashi tumanida bir qator ijtimoiy va ishlab chiqarish obyektlari faoliyati bilan tanishdi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati To‘ychi Yoqubov hamda tuman Kengashi deputatlari bilan birgalikda hududda amalga oshirilayotgan ijtimoiy, iqtisodiy va sanoat sohalaridagi qurilish hamda modernizatsiya jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.

Qamashi tuman ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasida bo‘lib, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati, mavjud sharoitlar va tibbiyot muassasasi ehtiyojlari yuzasidan mas’ullar bilan suhbatlashdi.

Shuningdek, 83-umumta’lim maktabida yangi qurilayotgan qo‘shimcha o‘quv binosi qurilish ishlari ko‘zdan kechirildi.

Deputat To‘ychi Yoqubov “Qamashi Oltin don” un ishlab chiqarish korxonasining yangi yo‘lga qo‘yilayotgan ishlab chiqarish liniyalari faoliyati bilan ham tanishib, mahalliy xomashyo asosida raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish imkoniyatlari bo‘yicha fikr bildirdi.

Bundan tashqari, “Matanat” xorijiy korxonasi, “Yangi O‘zbekiston” massivida olib borilayotgan qurilish ishlari, shuningdek, “Murodali Farm” korxonasi, kichik sanoat zonasi faoliyati bilan ham yaqindan tanishildi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati har bir obyektda faoliyat olib borayotgan rahbarlar, muhandislar va xodimlar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazib, ularning taklif va mulohazalarini tingladi.

Slide 1 of 1