Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Murojaatlar bilan ishlash davom etmoqda
янв.21
Aholi murojaatlari bilan ishlash va fuqarolarni rozi qilish – deputat e'tiborida.
янв.21
Avtobus bekatlari holati o‘rganildi
янв.21
Kengash qaror ijrosi joyida o'rganildi.
янв.21
Aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati o‘rganildi.
янв.21
Doimiy komissiya yig'ilishida Kengash qarori ijrosi va navbatdagi sessiya masalalari muhokama qilindi.
янв.21
Deputat tomonidan chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketish holati o‘rganildi.
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar sifati va moddiy yordam tayinlanishi o‘rganildi.
янв.21
Yoshlar yutuqlari e’tibor markazida
янв.21
G‘OZG‘ON SHAHRIDA GIYOHVANDLIK VA KIBERJINOYATCHILIKKA QARSHI TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
Rahbar va yoshlar uchrashuvi

Joriy yilning 24-sentyabr kuni Parkent tumani “Gulbog‘” mahallasi hududidagi 6-maktabda “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi.Unda Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashi raisi Sardor Isoqulov, tuman prokurori Jasurbek Hayitboyev, “Gulbog‘”MFY yettiligi, mahalla faollari, 6-maktab ma`muriyati va o‘qituvchilari hamda 11-sinf bitiruvchi yoshlari ishtirok etdi.Rasmiyatchilikdan holi, ochiq va oshkora suhbat shaklida o‘tgan uchrashuv avvalida bugungi kunda yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar, ulardan unumli foydalanishning samarasi gapirib o‘tildi. Bunda Parkent tumanining iste’dodli yoshlaridagi intilish, izlanishlari misolida tushuntirib berildi.Uchrashuvda jinoyatchilikning oldini olish, yoshlarning ta’lim-tarbiyasi, maktabdagi davomatini ta’minlash, yoshlarni kitobxonlikka va chet tillarini o‘rganishga jalb qilish, bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish masalalari ham muhokama qilindi.Shundan so‘ng, yoshlar murojaatlari, taklif va mulohazalarini bildirishiga keng o‘rin berildi.Jumladan, yoshlarning tashabbusi bilan Toshkent shahridagi oliy ta’lim muassasalariga “Ochiq eshiklar kuni” doirasida bitiruvchi yoshlarni reja-grafik asosida olib borish masalasi ham kelishib olindi.Eng asosiysi, ayrim yoshlar tomonidan bildirilgan murojaatlar nazoratga olinib, aytilgan muammo bo‘yicha mas’ul xodimlarga tezkor topshiriqlar yuklatildi. 

Slide 1 of 6