Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Murojaatlar bilan ishlash davom etmoqda
янв.21
Aholi murojaatlari bilan ishlash va fuqarolarni rozi qilish – deputat e'tiborida.
янв.21
Avtobus bekatlari holati o‘rganildi
янв.21
Kengash qaror ijrosi joyida o'rganildi.
янв.21
Aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati o‘rganildi.
янв.21
Doimiy komissiya yig'ilishida Kengash qarori ijrosi va navbatdagi sessiya masalalari muhokama qilindi.
янв.21
Deputat tomonidan chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketish holati o‘rganildi.
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar sifati va moddiy yordam tayinlanishi o‘rganildi.
янв.21
Yoshlar yutuqlari e’tibor markazida
янв.21
G‘OZG‘ON SHAHRIDA GIYOHVANDLIK VA KIBERJINOYATCHILIKKA QARSHI TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
Elektr ta’minoti muammosi – deputatlar e’tiborida

 Elektr ta’minoti muammosi – deputatlar
e’tiborida
 

  

Aholi
turmush sifati ko‘p jihatdan infratuzilma imkoniyatlariga bog‘liq. Xususan, barqaror
elektr ta’minoti – kundalik hayotdagi asosiy ehtiyoj hisoblanadi.
 

  

Damko‘l
mahallasi Lolaxon ko‘chasida joylashgan 160 kilovattli TP-15 transformatorga
245 ta xonadon ulangani aniqlandi. Ortiqcha kuchlanish sababli fuqarolarning elektr
jihozlari ishdan chiqmoqda, xonadonlarda yoritilish
darajasi ham yetarli
emas. Shu kabi muammo Gulandon ko‘chasida ham kuzatildi.
 

  

Xalq
deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputatlari Shuxratjon Raximov va Ozodaxon
Dadajonovalar mazkur holatni manzilli o‘rganib, mas’ullarga “Deputatlik so‘rovi”
yo‘lladilar. Unda transformator
quvvatini oshirish va aholi manfaatini ta’minlash masalasi ko‘tarildi.
 

  

Elektr ta’minoti muammosining hal etilishi
nafaqat maishiy qulaylik, balki aholi turmush sifati va farovonligi uchun muhim
omildir.
  

Slide 1 of 3