Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Murojaatlar bilan ishlash davom etmoqda
янв.21
Aholi murojaatlari bilan ishlash va fuqarolarni rozi qilish – deputat e'tiborida.
янв.21
Avtobus bekatlari holati o‘rganildi
янв.21
Kengash qaror ijrosi joyida o'rganildi.
янв.21
Aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati o‘rganildi.
янв.21
Doimiy komissiya yig'ilishida Kengash qarori ijrosi va navbatdagi sessiya masalalari muhokama qilindi.
янв.21
Deputat tomonidan chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketish holati o‘rganildi.
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar sifati va moddiy yordam tayinlanishi o‘rganildi.
янв.21
Yoshlar yutuqlari e’tibor markazida
янв.21
G‘OZG‘ON SHAHRIDA GIYOHVANDLIK VA KIBERJINOYATCHILIKKA QARSHI TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
❇️ PARTIYA GURUHINING MANSABDOR SHAXS ESHITUVI

  PARTIYA GURUHINING MANSABDOR SHAXS ESHITUVI  

  

O‘zLiDeP Farg‘ona tuman Kengashi partiya guruhida "Deputatlik eshituvi" yig‘ilishi Farg‘ona tuman
hokimligi kichik majlislar zalida o‘tkazildi.
Tadbirda O‘zLiDeP Farg‘ona tuman Kengashi partiya
guruhi deputatlari A.Xamdamov,
S.Mirzaeva, F.Abdusalomovlar hamda tuman Kengashi deputatlari O.Dadajonova, Sh.Raximovlar
ishtirok etdilar.
 

Mazkur yig‘ilishda Kambag‘allikni qisqartirish, badlikka ko‘maklashish bo‘limi
boshlig‘i X.Mo‘minovning “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-oktyabrdagi
“Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik sohasida davlat siyosatini takomillashtirish
va samaradorlikni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-347-sonli
qarori ijrosi bo‘yicha joriy
yilning yanvar-avgust oylarida
amalga oshirilgan ishlar yuzasidan”
hisoboti eshitildi.
 

Hisobotdan kelib chiqib, fuqarolarning bandligini ta’minlash borasida “Bo‘sh
ish o‘rinlari to‘g‘risida”gi ma’lumot bo‘yicha fuqarolar murojaat qilgan vaqtlarda
ushbu ko‘rsatib o‘tilgan “bo‘sh ish o‘rinlari”ning mavjud emasligi, adashib ma’lumot
berilganligi yoinki to‘liq ko‘rsatilgan shtat emas balki yarim shtat mavjudligi
holatlari uchrayotganligi bo‘yicha monitoring o‘tkazish taklifi berildi.
 

Deputatlar tomonidan munozaralarga boy ko‘rinishda o‘tgan eshituvda Xalq
deputatlari Farg‘ona tuman Kengashining doimiy komissiyasiga kiritish bo‘yicha qaror
tasdiqlandi.
  

Slide 1 of 5