Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Murojaatlar bilan ishlash davom etmoqda
янв.21
Aholi murojaatlari bilan ishlash va fuqarolarni rozi qilish – deputat e'tiborida.
янв.21
Avtobus bekatlari holati o‘rganildi
янв.21
Kengash qaror ijrosi joyida o'rganildi.
янв.21
Aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati o‘rganildi.
янв.21
Doimiy komissiya yig'ilishida Kengash qarori ijrosi va navbatdagi sessiya masalalari muhokama qilindi.
янв.21
Deputat tomonidan chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketish holati o‘rganildi.
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar sifati va moddiy yordam tayinlanishi o‘rganildi.
янв.21
Yoshlar yutuqlari e’tibor markazida
янв.21
G‘OZG‘ON SHAHRIDA GIYOHVANDLIK VA KIBERJINOYATCHILIKKA QARSHI TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
Tibbiyot sohasida korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama qilindi

Mazkur klinika — yurtimizdagi eng yirik davolash muassasalaridan biri bo‘lib, 1200 dan ziyod o‘rin va kuniga 850 qatnovga mo‘ljallangan maslahat-diagnostika poliklinikasiga ega. Har yili bu yerda 250 mingdan ortiq bemorlarga terapevtik, jarrohlik, akusher-ginekologiya va pediatriya yo‘nalishlarida tibbiy xizmatlar ko‘rsatiladi.

Tadbirda Sog‘liqni saqlash vazirligi, huquq-tartibot idoralari vakillari va klinika xodimlari ishtirok etib, tibbiyot tizimini korrupsiyadan xoli sohaga aylantirish borasidagi muhim vazifalar muhokama qilindi.

Ta’kidlanganidek, ushbu klinika nafaqat davolash muassasasi, balki zamonaviy tibbiy ta’lim klasteri sifatida ham faoliyat yuritmoqda. Operatsiya, diagnostika va muolajalar jarayonida talabalar bevosita ishtirok etib, bilimlarini amaliyotda mustahkamlashmoqda. Shu bois korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusining aynan shu maskanda ko‘tarilgani bejiz emas: kelajakdagi shifokorlar nafaqat bilim va ko‘nikmalar, balki kasbga sodiqlik va halollik qadriyatlarini ham egallab borishlari muhim.

Tadbir yakunida deputat Turdiqul Bobomuratov hamda ishtirokchilar tizimda shaffoflikni kuchaytirish, halollik tamoyillarini keng targ‘ib qilish va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha aniq taklif va tavsiyalarni ilgari surdilar.

Slide 1 of 6