Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Murojaatlar bilan ishlash davom etmoqda
янв.21
Aholi murojaatlari bilan ishlash va fuqarolarni rozi qilish – deputat e'tiborida.
янв.21
Avtobus bekatlari holati o‘rganildi
янв.21
Kengash qaror ijrosi joyida o'rganildi.
янв.21
Aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati o‘rganildi.
янв.21
Doimiy komissiya yig'ilishida Kengash qarori ijrosi va navbatdagi sessiya masalalari muhokama qilindi.
янв.21
Deputat tomonidan chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketish holati o‘rganildi.
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar sifati va moddiy yordam tayinlanishi o‘rganildi.
янв.21
Yoshlar yutuqlari e’tibor markazida
янв.21
G‘OZG‘ON SHAHRIDA GIYOHVANDLIK VA KIBERJINOYATCHILIKKA QARSHI TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
DEPUTATLIK FAOLIYATIDAN

Xalq demokratik partiyasi Zarafshon shahar Kengashi raisi D. Ahadova hamda deputat G. Bobomurodova “Uyma-uy” loyihasi doirasida aholi xonadonlarida bo‘lib, yurtdoshlarimizning muammo va takliflarini o‘rganmoqda. Loyiha doirasida fuqarolarning turmush sharoitini yaxshilash, ijtimoiy himoya, ish bilan ta’minlash, yoshlar bandligi hamda mahallalardagi dolzarb masalalarni joyida ko‘rib chiqish asosiy vazifa qilib belgilangan. Har bir xonadonga kirib, fuqarolarning dardi va quvonchini tinglash, ularning hayotini osonlashtiruvchi amaliy yordam ko‘rsatish bizning eng muhim burchimizdir. XDP faollari aholiga davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar, imtiyoz va qo‘llab-quvvatlash choralari haqida tushuntirishlar berishmoqda. “Uyma-uy” loyihasi odamlar bilan yuzma-yuz muloqot qilish, ularning hayotiy muammolarini bevosita o‘rganib, yechim topishda samarali vosita bo‘lib xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 1