Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Замонавий шифохона қурилиши жараёнлари ўрганилди.
янв.21
Ғозғон шаҳрида Сенат қарор ижроси ўрганилди.
янв.21
Ҳунармандлар фаолияти ўрганилди.
янв.21
Депутатлар ташаббуси билан йўллар асфальтлаштирилди.
янв.21
Shayxon MFYda asfaltlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida hisobot tinglandi
янв.21
Mahallalar uyushmasi va hokim yordamchilari faoliyati qonunchilik asosida o‘rganildi
янв.21
TUMAR MAHALLASIDA YANGI DEHQON BOZORI QURILISHI JADAL SUR’ATLARDA DAVOM ETMOQDA
янв.21
Mahallada xotin-qizlar bilan ishlash holati qonunchilik asosida o‘rganildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI G‘OZG‘ON SHAHAR KENGASHINING NAVBATDAGI YIGIRMANCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
Ipoteka kreditlari bo`yicha aholi fikri o`rganilmoqda — Xalq demokratik partiyasi Jalaquduq tuman Kengashi deputatlik guruhi tashabbusi

          O`zbekiston Xalq demokratik partiyasi Jalaquduq tuman Kengashi tomonidan jismoniy shaxslarga
ipoteka kreditlarini rasmiylashtirish va ularni olish jarayonidagi amaliyotlar yuzasidan aholi fikrini o`rganish ishlari olib borilmoqda.
Ushbu tadbir doirasida partiya guruhi a`zolari tuman aholisi bilan ochiq muloqotlar o`tkazib, ipoteka kreditlari bo`yicha mavjud muammolar, takliflar va fuqarolarning shaxsiy tajribalari bilan yaqindan tanishmoqda. Joylarda tashkil etilgan uchrashuvlar davomida aholiga ipoteka kreditlari shartlari, ularni olish uchun talab etiladigan hujjatlar, hamda kreditlarning qaytarish mexanizmlari haqida tushuntirish ishlari ham olib borilmoqda. Mazkur sa`y-harakatlardan ko`zlangan asosiy maqsad - ipoteka kreditlariga bo`lgan talabni o`rganish, fuqarolarning ehtiyojlarini inobatga olgan holda, ushbu jarayonni yanada shaffof, adolatli va qulay qilib tashkil etishdan iborat. Shu bilan birga, muloqotlar orqali aholi va mutasaddi tashkilotlar o`rtasidagi bog`lanishni mustahkamlash, joylarda mavjud kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqilmoqda. Partiya tuman Kengashi deputatlik guruhi a`zolari ta`kidlashicha, kelgusida aholi fikrlariga asoslangan holda ipoteka tizimini takomillashtirish yuzasidan tegishli tashkilotlarga takliflar kiritiladi va bu yo`nalishda partiya guruhi o`z faolligini yanada oshiradi.  

Slide 1 of 5