Xalq deputatlari G‘ozg‘on shahar Kengashi deputati A.Aminov shahardagi marmar va granit mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalarda bo‘lib, ishlab chiqarish jarayonlari hamda korxonalar faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Xalq deputatlari G‘ozg‘on shahar Kengashi deputatlari O.Sharipov hamda M.Saidova shahar “Nuroniy” jamg‘armasi bo‘limi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar holati bilan yaqindan tanishdi.
Xalq deputatlari G‘ozg‘on shahar Kengashi kotibiyat mudiri F.Hojiyev shahar IIBning mas’ul xodimi bilan hamkorlikda shaharda kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar holati bilan yaqindan tanishdi.
Xalq deputatlari G‘ozg‘on shahar Kengashi kotibiyat mudiri F.Hojiyev shahar gaz ta’minoti korxonasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar holatini joyiga chiqqan holda o‘rgandi.
Xalq deputatlari G‘ozg‘on shahar Kengashi deputati A.Aminov tashabbusi bilan Tumar mahallasida korxona va tashkilotlar, mahalla faollari hamda mutasaddi idoralar vakillari hamkorligida obodonlashtirish va tozalikni saqlash bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi.
Obodonlashtirish ishlari – doimiy e'tiborda
Xalq deputatlari G‘ozg‘on shahar Kengashi deputati A.Aminov Tumar MFYda korxona va tashkilotlar mutasaddilari bilan birgalikda aholi o‘rtasida obodonlashtirish madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan targ‘ibot ishlarini amalga oshirdi.
Muloqotlarda ko‘chalar va jamoat joylarini ozoda saqlash, yashil hududlarni asrab-avaylash hamda umumiy mulkka ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishning ahamiyati tushuntirildi.
Obod mahalla – har bir fuqaro va har bir tashkilotning mas'uliyatli yondashuvi bilan barpo etiladi.
Xalq deputatlari G‘ozg‘on shahar Kengashi deputati A.Aminov tashabbusi bilan Tumar mahallasida korxona va tashkilotlar vakillari ishtirokida obodonlashtirish hamda sanitariya-tozalik masalalariga bag‘ishlangan targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi.