Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
MAHALLA SERVIS KOMPANIYASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
GERMANIYADAN 165 BOSH NASLLI QORAMOL OLIB KELINDI
янв.21
SIFATLI ELEKTR TA’MINOTI — AHOLI FAROVONLIGINING MUHIM OMILI
янв.21
17-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish: amaliy ishlar o‘z samarasini bermoqda
янв.21
XUSUSIY MULKNI HIMOYA QILISH VA MULKDORLAR HUQUQLARINING KAFOLATLARI TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR ISHLARI AGENTLIGI O‘RTASIDA HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
DEPUTATGA BIRIKTIRILGAN QONUN DOIRASIDA AMALIY ISHLAR OLIB BORILDI
янв.21
QIZIL-QIYOQ MAHALLASIDA DEPUTATLIK O‘RGANISHI OLIB BORILDI
Mahalladagi “yettilik” faoliyati o‘rganildi

Mahalladagi “yettilik” faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi kotibiyati mudiri N.Ubaydullayev, Kengash kotibiyatining bosh mutaxassislari A.Nurmatov va M.Abdulmajidov tomonidan “Chaman” mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla “yettiligi” faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahalla raisi, hokim yordamchisi va ijtimoiy xodimning xizmat faoliyati, aholi murojaatlari bilan ishlash, fuqarolarning muammolarini aniqlash va bartaraf etish, bandlikni ta’minlash hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, mahallada kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash, ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish hamda ehtiyojmand oilalarni manzilli qo‘llab-quvvatlash yuzasidan olib borilayotgan ishlar yuzasidan mas’ullarning axborotlari tinglandi.

Muloqot davomida aholi murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, muammolarni tizimli ravishda hal etish, davlat organlari va tashkilotlar bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash hamda mahalla “yettiligi” faoliyati samaradorligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 4