Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
MAHALLA SERVIS KOMPANIYASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
GERMANIYADAN 165 BOSH NASLLI QORAMOL OLIB KELINDI
янв.21
SIFATLI ELEKTR TA’MINOTI — AHOLI FAROVONLIGINING MUHIM OMILI
янв.21
17-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish: amaliy ishlar o‘z samarasini bermoqda
янв.21
XUSUSIY MULKNI HIMOYA QILISH VA MULKDORLAR HUQUQLARINING KAFOLATLARI TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR ISHLARI AGENTLIGI O‘RTASIDA HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
DEPUTATGA BIRIKTIRILGAN QONUN DOIRASIDA AMALIY ISHLAR OLIB BORILDI
янв.21
QIZIL-QIYOQ MAHALLASIDA MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA MAHALLA YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 4-“Bo‘ston” saylov okrugidan saylangan deputat Usipxodjayev Yerlan Ormanovich tomonidan o‘zi saylangan hududdagi “Bo‘ston” mahallasida yoshlar yetakchisining faoliyati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi.O‘rganish jarayonida mahalla yoshlar yetakchisi Serikbayev Dauren Jumaddilla o‘g‘lining yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, kasb-hunarga yo‘naltirish hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasida amalga oshirayotgan ishlari ko‘rib chiqildi.Ma’lum qilinishicha, 2026-yil davomida 1 nafar yoshga tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadida imtiyozli kredit ajratilgan. Shuningdek, ijtimoiy-profilaktik xulosa asosida nazoratga olingan 7 nafar yosh bilan individual ishlash yo‘lga qo‘yilib, ularning muammolarini aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha manzilli choralar ko‘rilmoqda.Bundan tashqari, yoshlarning harbiy-vatanparvarlik ruhini yuksaltirish va ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 1 nafar yosh safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatni bepul
o‘tashi uchun belgilangan tartibda yo‘naltirilgani qayd etildi.Yoshlarning bandligini ta’minlash va mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarni egallashiga ko‘maklashish maqsadida 4 nafar yoshni kasb-hunarga o‘qitishga yo‘naltirish bo‘yicha tegishli yo‘llanmalar berilgan.Shuningdek, maktab va oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ularning qiziqishlari, bilim va ko‘nikmalari hamda tanlagan yo‘nalishlaridan kelib chiqib ish bilan ta’minlash bo‘yicha manzilli ishlar olib borilayotgani ma’lum qilindi.O‘rganish davomida yoshlar bilan individual ishlashni yanada kuchaytirish, band bo‘lmagan yoshlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka keng
jalb etish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda ularning muammolarini manzilli hal etish muhimligi ta’kidlandi.O‘rganish yakunida deputat tomonidan yoshlar yetakchisi faoliyati samaradorligini yanada oshirish, belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash va yoshlar bilan ishlashda amaliy natijadorlikni kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.
  

Slide 1 of 3