Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
MAHALLA SERVIS KOMPANIYASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
GERMANIYADAN 165 BOSH NASLLI QORAMOL OLIB KELINDI
янв.21
SIFATLI ELEKTR TA’MINOTI — AHOLI FAROVONLIGINING MUHIM OMILI
янв.21
17-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish: amaliy ishlar o‘z samarasini bermoqda
янв.21
XUSUSIY MULKNI HIMOYA QILISH VA MULKDORLAR HUQUQLARINING KAFOLATLARI TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR ISHLARI AGENTLIGI O‘RTASIDA HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
DEPUTATGA BIRIKTIRILGAN QONUN DOIRASIDA AMALIY ISHLAR OLIB BORILDI
янв.21
QIZIL-QIYOQ MAHALLASIDA DEPUTATLIK O‘RGANISHI OLIB BORILDI
Aholi xonadonlaridagi muammolar joyida o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati, shahar hokimi M.Usmonov hamda deputat J.Xusanov bilan birgalikda 30-“G‘ishtko‘prik” saylov okrugi hududidagi “G‘ishtko‘prik” mahallasida aholi xonadonlariga tashrif buyurilib, fuqarolarni qiynayotgan muammo va masalalar joyida o‘rganildi.

Tashrif davomida fuqarolar bilan bevosita muloqot qilinib, ularning yashash sharoiti, bandligi, daromad manbalari va mavjud ehtiyojlari bilan yaqindan tanishildi. Aniqlangan masalalarni qisqa muddatlarda hal etish, aholiga manzilli ko‘mak ko‘rsatish yuzasidan mutasaddilar bilan fikr almashildi.

Jumladan, Xo‘jadodxoh ko‘chasida istiqomat qiluvchi Raxmonova Zilolaxon xonadonida o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida fuqaro tikuvchilik faoliyati bilan norasmiy tarzda shug‘ullanib kelayotgani, shuningdek, uning qaramog‘ida ikki nafar nogironligi bo‘lgan shaxs borligi aniqlandi.

O‘rganish yakunida fuqaroning mavjud imkoniyatlaridan samarali foydalanib, tikuvchilik faoliyatini rivojlantirish va uni qonuniy asosda yo‘lga qo‘yish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Mutasaddilarga fuqaroning tikuvchilik xizmatlarini onlayn platformalar orqali targ‘ib qilish va mijozlar sonini oshirishga ko‘maklashish, xonadonini ta’mirlash bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish, farzandini bepul to‘garakka joylashtirishga ko‘maklashish, tikuvchilik faoliyatini belgilangan tartibda rasmiylashtirish va kelgusida barqaror daromad manbaiga ega bo‘lishi uchun zarur sharoitlarni yaratish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3