Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
MAHALLA SERVIS KOMPANIYASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
GERMANIYADAN 165 BOSH NASLLI QORAMOL OLIB KELINDI
янв.21
SIFATLI ELEKTR TA’MINOTI — AHOLI FAROVONLIGINING MUHIM OMILI
янв.21
17-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish: amaliy ishlar o‘z samarasini bermoqda
янв.21
XUSUSIY MULKNI HIMOYA QILISH VA MULKDORLAR HUQUQLARINING KAFOLATLARI TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR ISHLARI AGENTLIGI O‘RTASIDA HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
DEPUTATGA BIRIKTIRILGAN QONUN DOIRASIDA AMALIY ISHLAR OLIB BORILDI
янв.21
QIZIL-QIYOQ MAHALLASIDA DEPUTATLIK O‘RGANISHI OLIB BORILDI
“YANGI UMID” MAHALLASIDAGI MUAMMOLAR DEPUTAT TASHABBUSI BILAN JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI

#Deputatlik_nazorati #24_ta_tavsiyaviy_savol #Deputat_daftari #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️“YANGI UMID” MAHALLASIDAGI MUAMMOLAR DEPUTAT TASHABBUSI BILAN JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Shuhrat Sirojiddinov tashabbusi bilan “Yangi umid” mahallasida hudud infratuzilmasi, obodonlashtirish ishlari hamda aholi uchun qulay va xavfsiz muhit yaratish bilan bog‘liq mavjud masalalar bevosita joyiga chiqib o‘rganildi.

🤝 O‘rganish jarayonida mahalla fuqarolar yig‘ini raisi H. Tillayev, mahalla faollari hamda mas’ullar bilan muloqot qilinib, hududda amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud kamchiliklar va aholi tomonidan bildirilayotgan takliflar muhokama qilindi.

🔺 Xususan, ko‘p qavatli uylar hududidagi bolalar maydonchalarining bugungi holatiga alohida e’tibor qaratildi. Ularning foydalanishga qulayligi va xavfsizlik darajasi tanqidiy-tahliliy jihatdan ko‘zdan kechirilib, bolalar uchun zamonaviy, xavfsiz va obodonlashtirilgan o‘yingohlar tashkil etish zarurligi qayd etildi.

📉 Shuningdek, piyodalar yo‘laklarini tartibga keltirish, aholining, ayniqsa, bolalar va keksalarning xavfsiz harakatlanishi uchun zarur sharoitlarni yaxshilash hamda ko‘p qavatli uylar atrofidagi infratuzilmani takomillashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.

🚌 Jamoat transportidan foydalanayotgan fuqarolar uchun qulaylik yaratish masalasi ham e’tibordan chetda qolmadi. Zamonaviy va aholiga qulay bekatlar tashkil etish, mavjud bekatlarni tartibga keltirish hamda jamoat transportidan foydalanish qulayligini oshirish bo‘yicha takliflar ilgari surildi.

🌳 Shu bilan birga, hududdagi ko‘cha va yo‘laklar holati, umumiy foydalanish joylarini obodonlashtirish, yashil hududlarni kengaytirish hamda aholining dam olishi uchun qulay maskanlar yaratish yuzasidan fikr almashildi.

📋 Mazkur o‘rganish mahalliy Kengash deputati faoliyatining muhim yo‘nalishlari — bolalar uchun yaratilgan maydonchalar holati, ichki ko‘chalar va piyodalar xavfsizligi, ko‘p qavatli uylar atrofidagi hududlar, jamoat transporti va bekatlar, yashil hududlar hamda mavjud muammolarni bevosita joyiga chiqib o‘rganish vazifalari bilan uyg‘un olib borildi.

🔎 Shuhrat Sirojiddinov hududdagi masalalarni aholi fikri va takliflari asosida o‘rganish, mavjud kamchiliklarni mas’ullar bilan birgalikda muhokama qilib, bosqichma-bosqich bartaraf etish muhimligini ta’kidladi.

✅ O‘rganish yakunida “Yangi umid” mahallasidagi mavjud muammolarni tizimli hal etish, infratuzilmani yaxshilash, obodonlashtirish ishlarini jadallashtirish va aholi uchun yanada qulay sharoit yaratish yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 10