Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
MAHALLA SERVIS KOMPANIYASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
GERMANIYADAN 165 BOSH NASLLI QORAMOL OLIB KELINDI
янв.21
SIFATLI ELEKTR TA’MINOTI — AHOLI FAROVONLIGINING MUHIM OMILI
янв.21
17-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish: amaliy ishlar o‘z samarasini bermoqda
янв.21
XUSUSIY MULKNI HIMOYA QILISH VA MULKDORLAR HUQUQLARINING KAFOLATLARI TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR ISHLARI AGENTLIGI O‘RTASIDA HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
DEPUTATGA BIRIKTIRILGAN QONUN DOIRASIDA AMALIY ISHLAR OLIB BORILDI
янв.21
QIZIL-QIYOQ MAHALLASIDA DEPUTATLIK O‘RGANISHI OLIB BORILDI
#Tuman_hokim_o‘rinbosariga #Deputat_so‘rovi_yuborildi

Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining 20-“Sayrak” saylov okrugi deputati Egamberdiyev Abror Ergashovich tomonidan hududdagi ijtimoiy soha obyektlari faoliyatini o‘rganish va deputatlik nazoratini amalga oshirish rejasiga muvofiq tegishli o‘rganish o‘tkazildi.

O‘rganish jarayonida Oltinsoy tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli, “Sayrak” mahallasi hududida joylashgan 60-sonli oilaviy poliklinika (OShP) binosida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari holati bevosita joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirildi.

Aniqlanishicha, ushbu ijtimoiy obyektda ta’mirlash-qurilish ishlari bundan 4–5 oy ilgari boshlangan bo‘lishiga qaramay, hozirgi kunga kelib ishlar noma’lum sabablarga ko‘ra to‘xtab qolgan hamda bir qator kamchiliklar yuzaga kelgan.

Aholi uchun muhim bo‘lgan salomatlik maskanini qisqa fursatda va sifatli foydalanishga topshirish maqsadida, deputat A.E.Egamberdiyev tomonidan Oltinsoy tumani hokimining o‘rinbosari T.Chorshanbiyevga rasmiy DEPUTAT SO‘ROVI yuborildi.

So‘rovda quyidagi masalalarni hal etish va amaliy chora-tadbirlar ko‘rish so‘ralgan:

60-sonli oilaviy poliklinikada qurilish-ta’mirlash ishlari to‘xtab qolganligi sabablariga aniqlik kiritish;

Obyektdagi qurilish-ta’mirlash ishlarini qisqa muddatlarda qayta tiklash hamda aniqlangan kamchilik va muammolarni bartaraf etish;

Ishlarning sifatli va belgilangan muddatlarda to‘liq yakunlanishini ta’minlash bo‘yicha mas’ul pudrat va biriktirilgan tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish.

Mazkur obyektning tez fursatda foydalanishga topshirilishi va qurilish ishlarining borishi deputatlik nazoratiga olindi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 3