Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
MAHALLA SERVIS KOMPANIYASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
GERMANIYADAN 165 BOSH NASLLI QORAMOL OLIB KELINDI
янв.21
SIFATLI ELEKTR TA’MINOTI — AHOLI FAROVONLIGINING MUHIM OMILI
янв.21
17-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish: amaliy ishlar o‘z samarasini bermoqda
янв.21
XUSUSIY MULKNI HIMOYA QILISH VA MULKDORLAR HUQUQLARINING KAFOLATLARI TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR ISHLARI AGENTLIGI O‘RTASIDA HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
DEPUTATGA BIRIKTIRILGAN QONUN DOIRASIDA AMALIY ISHLAR OLIB BORILDI
янв.21
QIZIL-QIYOQ MAHALLASIDA MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
“YUNUSOTA” MAHALLASIDA YANGI INVESTITSIYA LOYIHASI

Yunusobod tumanining “Yunusota” mahallasida aholi uchun qulaylik yaratish, yangi ish o‘rinlarini tashkil etish hamda hududda tadbirkorlik muhitini rivojlantirishga qaratilgan yangi loyiha amalga oshirilmoqda.

💼Mazkur tashabbus Yunusobod tumani hokimligi, “Yunusota” mahalla fuqarolar yig‘ini tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchisi J. Saidaxmedov sa’y-harakati bilan Xitoy Xalq Respublikasi tadbirkorlari bilan hamkorlikda yo‘lga qo‘yilgan.

🤝Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati Voropayeva N. hududda amalga oshirilayotgan mazkur investitsiya loyihasi bilan yaqindan tanishdi. O‘rganish davomida loyihaning mahalla aholisi uchun yaratiladigan qulayliklari, yangi ish o‘rinlari va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishdagi ahamiyati bilan tanishildi.

Mazkur uchrashuv deputatlik faoliyatining asosiy 24 ta savolnomasi doirasida tashkil etilib, yoshlar bilan ishlash, ta’lim sifati, kasb-hunarga yo‘naltirish, bandlikka tayyorlash, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati o‘rganildi.

🛍Loyiha doirasida barpo etilayotgan savdo majmuasida asosiy mahsulotlarni aholi uchun qulay va hamyonbop narxlarda taqdim etish rejalashtirilgan. Eng muhimi, majmua ishga tushishi bilan 10 nafarga yaqin mahalliy yoshlar doimiy ish o‘rni bilan ta’minlanadi.

✅Mazkur loyiha aholi turmush farovonligini oshirish, yoshlar bandligini ta’minlash hamda mahallada tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga xizmat qiladi.

📅Yangi savdo shoxobchasini joriy oy yakuniga qadar to‘liq ishga tushirish rejalashtirilgan.

Slide 1 of 2