Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
MAHALLA SERVIS KOMPANIYASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
GERMANIYADAN 165 BOSH NASLLI QORAMOL OLIB KELINDI
янв.21
SIFATLI ELEKTR TA’MINOTI — AHOLI FAROVONLIGINING MUHIM OMILI
янв.21
17-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish: amaliy ishlar o‘z samarasini bermoqda
янв.21
XUSUSIY MULKNI HIMOYA QILISH VA MULKDORLAR HUQUQLARINING KAFOLATLARI TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR ISHLARI AGENTLIGI O‘RTASIDA HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
DEPUTATGA BIRIKTIRILGAN QONUN DOIRASIDA AMALIY ISHLAR OLIB BORILDI
янв.21
QIZIL-QIYOQ MAHALLASIDA DEPUTATLIK O‘RGANISHI OLIB BORILDI
#munosabat

TADBIRKORLAR UCHUN YANGI IMKONIYATLAR — IQTISODIY FAOLLIK UCHUN MUHIM QADAM

✔️Davlat aktivlari va yer uchastkalarini xususiylashtirish jarayonida tadbirkorlar uchun to‘lov shartlarining yengillashtirilayotgani biznes muhitini yanada qulaylashtirishga xizmat qiladi.
✔️Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputatining ta’kidlashicha, avans to‘lovining 15 foiz etib belgilanishi, aktiv qiymatini 6 oy ichida to‘liq to‘laganda 25 foizlik chegirma berilishi hamda ayrim holatlarda 7 yilgacha foizsiz bo‘lib to‘lash imkoniyatining yaratilishi tadbirkorlar uchun katta moliyaviy yengillikdir.
“Tadbirkor uchun eng muhim omillardan biri — mablag‘ni samarali boshqarish va uni ishlab chiqarish hamda yangi loyihalarga yo‘naltirish imkoniyatidir. Yangi tartiblar biznes vakillariga o‘z faoliyatini kengaytirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va hudud iqtisodiyotiga yanada katta hissa qo‘shish uchun qo‘shimcha imkoniyat yaratadi”, — deydi deputat.
✔️Shuningdek, yer uchastkalarining “tayyor paket” shaklida, zarur loyiha, ruxsatnomalar va kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish bo‘yicha texnik shartlar bilan savdoga chiqarilishi tadbirkorlarning vaqt va mablag‘ini tejashga yordam beradi.
✔️Bunday yengilliklar, avvalo, xususiy sektor faolligini oshirish, investitsiyalarni jalb etish, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish va aholi bandligini ta’minlashga xizmat qiladi.
👉Deputat sifatida mazkur islohotlarni tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va hudud iqtisodiy salohiyatini oshirish yo‘lidagi muhim qadam, deb hisoblayman.

Behruz Axmadov,
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati,