Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
MAHALLA SERVIS KOMPANIYASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
GERMANIYADAN 165 BOSH NASLLI QORAMOL OLIB KELINDI
янв.21
SIFATLI ELEKTR TA’MINOTI — AHOLI FAROVONLIGINING MUHIM OMILI
янв.21
17-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish: amaliy ishlar o‘z samarasini bermoqda
янв.21
XUSUSIY MULKNI HIMOYA QILISH VA MULKDORLAR HUQUQLARINING KAFOLATLARI TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR ISHLARI AGENTLIGI O‘RTASIDA HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
DEPUTATGA BIRIKTIRILGAN QONUN DOIRASIDA AMALIY ISHLAR OLIB BORILDI
янв.21
QIZIL-QIYOQ MAHALLASIDA DEPUTATLIK O‘RGANISHI OLIB BORILDI
MAHALLIY BUDJET, TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH VA IQTISODIY ISLOHOTLAR MASALALARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYANING NAVBATDAGI YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.

Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashida hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, mahalliy budjet mablag‘laridan samarali foydalanish hamda belgilangan dasturlar ijrosi ustidan deputatlik nazoratini
ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.“Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 19¹-moddasi talablariga muvofiq, Kengashning Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va
iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi.Yig‘ilishga doimiy komissiya raisi Shuxrat Abduxamidovich Abduvoxidov raislik qildi.Undakomissiya a’zolari, tuman Kengashi kotibiyati mudiri, kotibiyat bosh mutaxassislari hamda tegishli tashkilot va muassasalar vakillari qatnashdi.Yig‘ilish kun tartibidagi asosiy masala — Parkent tumanida jamoatchilik fikri asosida “Ochiq budjet” axborot portalining “Tashabbusli budjet” loyihasida 2026-yilning 2-mavsumida shakllangan tadbirlarda g‘olib bo‘lgan takliflarni tasdiqlash to‘g‘risidagi hisobotni ko‘rib chiqishdan iborat bo‘ldi.Muhokama davomida “Tashabbusli budjet” loyihasining navbatdagi mavsumida fuqarolar tomonidan ilgari surilgan va g‘olib deb topilgan takliflarning mazmuni, ularni amalga oshirish jarayonlari hamda ajratilgan mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanish masalalariga e’tibor qaratildi.Doimiy komissiya a’zolari tomonidan g‘olib takliflarning belgilangan tartibda amalga oshirilishi, mablag‘larning maqsadli sarflanishi,bajarilayotgan ishlarning sifati va natijadorligini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli savollar berilib, zarur tushuntirishlar olindi.Shuningdek, jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan loyihalarni amalga oshirishda fuqarolarning manfaatlari, hududlarning mavjud ehtiyojlari va belgilangan vazifalarning to‘liq bajarilishiga alohida e’tibor qaratish lozimligi ta’kidlandi.Yig‘ilish yakunida hisobot yuzasidan bildirilgan fikr-mulohazalar inobatga olinib, tegishli tashkilotlarga aniq vazifalar belgilandi. Shuningdek, mazkur masalani Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish belgilandi hamda namunaviy doimiy komissiya qarori asosida Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining tegishli qarori qabul qilindi.
  

Slide 1 of 5