Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
MAHALLA SERVIS KOMPANIYASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
GERMANIYADAN 165 BOSH NASLLI QORAMOL OLIB KELINDI
янв.21
SIFATLI ELEKTR TA’MINOTI — AHOLI FAROVONLIGINING MUHIM OMILI
янв.21
17-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish: amaliy ishlar o‘z samarasini bermoqda
янв.21
XUSUSIY MULKNI HIMOYA QILISH VA MULKDORLAR HUQUQLARINING KAFOLATLARI TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR ISHLARI AGENTLIGI O‘RTASIDA HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
DEPUTATGA BIRIKTIRILGAN QONUN DOIRASIDA AMALIY ISHLAR OLIB BORILDI
янв.21
QIZIL-QIYOQ MAHALLASIDA DEPUTATLIK O‘RGANISHI OLIB BORILDI
#Deputat_o‘rganishi #Ayollar_daftarI 👩‍👩‍👧‍👦 AYOLLAR MUAMMOLARI — DEPUTAT NAZORATIDA



📍 Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining ish rejasiga muvofiq, 16-Chorvador saylov okrugidan saylangan deputat Abdumajid Sadirovga biriktirilgan Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi B.Ortiqboyev tomonidan “Chorvador” mahalla fuqarolar yig‘inida xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi.

📒 “AYOLLAR DAFTARI” — MANZILLI YORDAMNING MUHIM VOSITASI
Bugungi kunda “Chorvador” mahallasida 137 nafar xotin-qiz “Ayollar daftari”ga kiritilgan.
Ular mavjud muammolari va ehtiyojlaridan kelib chiqib, quyidagi toifalarga ajratilgan:
🔹 1-toifa — 60 nafar
Ijtimoiy himoyaga muhtoj, ishsiz xotin-qizlar.
🔹 2-toifa — 4 nafar
Tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish yoki kengaytirish istagidagi xotin-qizlar.
🔹 3-toifa — 10 nafar
Uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj xotin-qizlar.
🔹 4-toifa — 40 nafar
Tibbiy va psixologik yordamga ehtiyojmand xotin-qizlar.
🔹 5-toifa — 23 nafar
Huquqiy yordamga muhtoj xotin-qizlar.
📌 AMALIY NATIJALAR
O‘rganish jarayonida “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bilan manzilli ish olib borilayotgani ham qayd etildi.
✅ 52 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizga yordam ko‘rsatildi;
🩺 36 nafar xotin-qizga tibbiy va psixologik ko‘mak berildi;
⚖️ 22 nafar xotin-qizga huquqiy yordam ko‘rsatildi;
💼 4 nafar tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagidagi xotin-qizga amaliy ko‘mak berildi;
🏠 9 nafar uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj xotin-qizga yordam ko‘rsatildi.
🤝 O‘rganish yakunida xotin-qizlar bilan ishlashda faqat mavjud muammolarni aniqlash bilan cheklanib qolmasdan, ularni daromadli mehnatga jalb qilish, kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga qaratilgan ishlarni izchil davom ettirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
👩‍💼 Shuningdek, mahalladagi xotin-qizlarning murojaatlari va ehtiyojlarini doimiy o‘rganib borish, “Ayollar daftari” bilan ishlash samaradorligini oshirish hamda muammolarni manzilli va amaliy yechimlar asosida hal etish yuzasidan kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 2