Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
MAHALLA SERVIS KOMPANIYASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
GERMANIYADAN 165 BOSH NASLLI QORAMOL OLIB KELINDI
янв.21
SIFATLI ELEKTR TA’MINOTI — AHOLI FAROVONLIGINING MUHIM OMILI
янв.21
17-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish: amaliy ishlar o‘z samarasini bermoqda
янв.21
XUSUSIY MULKNI HIMOYA QILISH VA MULKDORLAR HUQUQLARINING KAFOLATLARI TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR ISHLARI AGENTLIGI O‘RTASIDA HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
DEPUTATGA BIRIKTIRILGAN QONUN DOIRASIDA AMALIY ISHLAR OLIB BORILDI
янв.21
QIZIL-QIYOQ MAHALLASIDA DEPUTATLIK O‘RGANISHI OLIB BORILDI
16-Ipak yo‘li saylov okrugida deputatlik nazorati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori hamda Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya asosida hududlarda deputatlik o‘rganishlari izchil davom ettirilmoqda.

Bugun 16-Ipak yo‘li saylov okrugi deputati, Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi A.Mahkamov, kotibiyat mudiri A.Ermatov hamda deputatga biriktirilgan kotibiyat bosh mutaxassisi Z.Yakubova bilan birgalikda hududdagi mavjud muammolar, aholi murojaatlari va ijtimoiy masalalarni joyiga chiqqan holda o‘rgandilar.

O‘rganishlar davomida saylov okrugi hududidagi deputatga biriktirilgan shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 21-umumiy o‘rta ta’lim maktabida 2026-yil “Ochiq budjet” dasturining birinchi mavsumida g‘olib bo‘lgan loyiha doirasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Xususan, maktab binosini mukammal ta’mirlash, qurilish va rekonstruksiya ishlarining borishi, bajarilayotgan ishlarning sifati hamda ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi yuzasidan o‘rganish olib borildi.

Shu bilan birga, deputatlik nazorati doirasida navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni tanlab olish hamda Jamg‘armadan mazkur tadbirlarga mablag‘ ajratish masalasi bilan bog‘liq jihatlarga ham e’tibor qaratildi. Xususan, ushbu yo‘nalishda 16-Ipak yo‘li saylov okrugi hududiga daxldor masalalar, aholining ehtiyoj va takliflari, ajratiladigan mablag‘larning manzilliligi hamda ularning jamoatchilik manfaatlariga xizmat qilishi nuqtayi nazaridan tegishli holatlar o‘rganildi.

“ Ochiq budjet”da aholining ovozi bilan g‘olib bo‘lgan har bir loyiha ortida xalq ishonchi turadi. Shu bois ajratilgan mablag‘larning belgilangan maqsadlarda sarflanishi, ishlarning sifatli va o‘z vaqtida bajarilishi deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Slide 1 of 7