Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
MAHALLA SERVIS KOMPANIYASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
GERMANIYADAN 165 BOSH NASLLI QORAMOL OLIB KELINDI
янв.21
SIFATLI ELEKTR TA’MINOTI — AHOLI FAROVONLIGINING MUHIM OMILI
янв.21
17-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish: amaliy ishlar o‘z samarasini bermoqda
янв.21
XUSUSIY MULKNI HIMOYA QILISH VA MULKDORLAR HUQUQLARINING KAFOLATLARI TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR ISHLARI AGENTLIGI O‘RTASIDA HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
DEPUTATGA BIRIKTIRILGAN QONUN DOIRASIDA AMALIY ISHLAR OLIB BORILDI
янв.21
QIZIL-QIYOQ MAHALLASIDA MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
“MA’ORIF” MAHALLASIDAGI LOYIHA DEPUTAT E’TIBORIDA
Marg‘ilon shahridagi mahallalarda aholi uchun qulay va barqaror sharoitlar yaratish, mavjud infratuzilmani yaxshilash hamda fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolarni bosqichma-bosqich bartaraf etishga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.

“Ochiq budjet” tashabbusli budjet jarayonining 2026-yil ikkinchi mavsumida yetarli ovoz to‘play olmagan, biroq aholining kundalik hayoti uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan loyihalar ham e’tibordan chetda qolmayapti.

Xususan, “Ma’orif” mahallasidagi elektr ta’minotini yaxshilashga qaratilgan loyiha Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati M.Salimova tomonidan tanlab olindi.

Mazkur loyiha mahallada elektr ta’minoti bilan bog‘liq mavjud muammolarni bartaraf etish, elektr infratuzilmasini yaxshilash hamda aholiga yanada barqaror va sifatli elektr energiyasi yetkazib berish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

Ayniqsa, elektr ta’minotidagi barqarorlik — xonadonlar, ijtimoiy obyektlar, tadbirkorlik subyektlari va mahalla hududidagi boshqa infratuzilmalar faoliyati uchun muhim omillardan biridir. Shu bois mazkur loyihaning qo‘llab-quvvatlanishi “Ma’orif” mahallasi aholisi uchun muhim va quvonchli yangilikdir.

Loyiha mahalliy Kengash deputatlarining ham doimiy nazoratida bo‘lib kelmoqda. Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputatlari hududlarda aholi bilan uchrashuvlar, sayyor qabullar va deputatlik o‘rganishlari davomida aniqlangan muammolarni tegishli tashkilotlar oldiga qo‘yib, ularning amaliy yechimini ta’minlashga alohida e’tibor qaratmoqda.

Zero, deputatlik nazoratining asosiy maqsadi — muammoni shunchaki aniqlash emas, balki uning aniq yechimi va ijrosini ta’minlashdir.

“Ochiq budjet” jarayonida yetarli ovoz to‘play olmagan bo‘lsa-da, ijtimoiy ahamiyati yuqori bo‘lgan ushbu loyihaning deputat tomonidan tanlab olinishi aholi murojaatlari va ehtiyojlari e’tiborsiz qolmayotganining amaliy ifodasidir.

“Ma’orif” mahallasida elektr ta’minotini yaxshilashga qaratilgan loyiha — aholi manfaatlari yo‘lida deputatlik tashabbusi, mahalliy Kengash deputatlarining nazorati va hamkorlikdagi sa’y-harakatlarning navbatdagi amaliy natijasidir.
Slide 1 of 5