Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
MAHALLA SERVIS KOMPANIYASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
GERMANIYADAN 165 BOSH NASLLI QORAMOL OLIB KELINDI
янв.21
SIFATLI ELEKTR TA’MINOTI — AHOLI FAROVONLIGINING MUHIM OMILI
янв.21
17-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish: amaliy ishlar o‘z samarasini bermoqda
янв.21
XUSUSIY MULKNI HIMOYA QILISH VA MULKDORLAR HUQUQLARINING KAFOLATLARI TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR ISHLARI AGENTLIGI O‘RTASIDA HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
DEPUTATGA BIRIKTIRILGAN QONUN DOIRASIDA AMALIY ISHLAR OLIB BORILDI
янв.21
QIZIL-QIYOQ MAHALLASIDA DEPUTATLIK O‘RGANISHI OLIB BORILDI
#_Kengash_raisining_faoliyati “Og‘ir mahalla” dasturi doirasidagi ishlar o‘rganildi

#_Kengash_raisining_faoliyati
“Og‘ir mahalla” dasturi doirasidagi ishlar o‘rganildi


Sariosiyo tumanidagi “Kelajak sari” MFYda “Og‘ir mahalla” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi.

Mazkur dastur doirasida mahalladagi mavjud muammolarni bartaraf etish, aholi uchun munosib sharoit yaratish hamda hudud infratuzilmasini yaxshilash maqsadida 3 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan.

O‘rganish ishlari xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi kotibiyati mudiri Sh.Boyqulov tomonidan xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashiga 46-“Obizarang” saylov okrugidan saylangan viloyat Kengashi deputati Axmedov Abdukarim Abdurahmonovich saylov okrugiga tegishli Sariosiyo tumanidagi mahallalarda olib borildi.

Tadbirda xalq deputatlari Sariosiyo tuman Kengashi raisi M.Ashurov, mahalla faollari va mas’ullar ishtirok etdi.
O‘rganish davomida “Og‘ir mahalla” dasturi doirasida belgilangan vazifalarning ijrosi, ajratilgan mablag‘larning maqsadli va samarali yo‘naltirilishi, shuningdek, aholining mavjud muammolarini bartaraf etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, hududda olib borilayotgan ishlarning sifati va samaradorligiga alohida e’tibor qaratilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, belgilangan loyihalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

O‘rganishlar yakunida mahalla yettiligi vakillari bilan suhbat o‘tkazilib, ularning faoliyati, aholi bilan ishlash samaradorligi hamda fuqarolar murojaatlarini hal etish borasidagi ishlari o‘rganildi.

Mahalla yettiligi vakillariga aholi bilan yaqindan ishlash, fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish, mavjud muammolarga manzilli yechim topish hamda mahallada amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3