Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
MAHALLA SERVIS KOMPANIYASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
GERMANIYADAN 165 BOSH NASLLI QORAMOL OLIB KELINDI
янв.21
SIFATLI ELEKTR TA’MINOTI — AHOLI FAROVONLIGINING MUHIM OMILI
янв.21
17-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish: amaliy ishlar o‘z samarasini bermoqda
янв.21
XUSUSIY MULKNI HIMOYA QILISH VA MULKDORLAR HUQUQLARINING KAFOLATLARI TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR ISHLARI AGENTLIGI O‘RTASIDA HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
DEPUTATGA BIRIKTIRILGAN QONUN DOIRASIDA AMALIY ISHLAR OLIB BORILDI
янв.21
QIZIL-QIYOQ MAHALLASIDA DEPUTATLIK O‘RGANISHI OLIB BORILDI
#_162_ta_qonun #_deputat_faoliyati Deputatlik nazorati amalda

#_162_ta_qonun
#_deputat_faoliyati
Deputatlik nazorati amalda


Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri M. Ashurov tomonidan tumandagi ATB “Agrobank” filiali faoliyati O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 5-noyabrdagi “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi O‘RQ-580-sonli Qonuni asosida tuzilgan savolnomalar yordamida o‘rganildi.

O‘rganishdan ko‘zlangan asosiy maqsad — bank tizimida qonunchilik talablarining amaldagi ijrosini tahlil qilish, aholi va tadbirkorlik subyektlariga ko‘rsatilayotgan bank xizmatlarining sifati, ochiqligi va shaffofligini baholash, shuningdek, mavjud muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish yuzasidan amaliy takliflar ishlab chiqishdan iborat.

O‘rganish jarayonida bank rahbariyati va mas’ul xodimlari ishtirokida qonunchilik talablari ijrosining holati yuzasidan atroflicha muhokama o‘tkazildi.

Tadbir davomida bank faoliyatida qonun talablariga to‘liq rioya etilishini ta’minlash, aholiga sifatli va zamonaviy bank xizmatlarini ko‘rsatish, moliyaviy xizmatlarda ochiqlik va shaffoflikni yanada oshirish, shuningdek, amaliyotda uchrayotgan muammolarni bartaraf etish yuzasidan fikr va takliflar almashildi.

Qonun ustuvorligini ta’minlash, moliyaviy xizmatlarda ochiqlik va shaffoflikni kuchaytirish, aholiga ko‘rsatilayotgan bank xizmatlari sifatini oshirish hamda aholining bank tizimiga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Slide 1 of 1