Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
MAHALLA SERVIS KOMPANIYASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
GERMANIYADAN 165 BOSH NASLLI QORAMOL OLIB KELINDI
янв.21
SIFATLI ELEKTR TA’MINOTI — AHOLI FAROVONLIGINING MUHIM OMILI
янв.21
17-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish: amaliy ishlar o‘z samarasini bermoqda
янв.21
XUSUSIY MULKNI HIMOYA QILISH VA MULKDORLAR HUQUQLARINING KAFOLATLARI TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR ISHLARI AGENTLIGI O‘RTASIDA HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
DEPUTATGA BIRIKTIRILGAN QONUN DOIRASIDA AMALIY ISHLAR OLIB BORILDI
янв.21
QIZIL-QIYOQ MAHALLASIDA DEPUTATLIK O‘RGANISHI OLIB BORILDI
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#162_ta_qonun_ijrosi
📚🏛 AXBOROT-KUTUBXONA MARKAZI FAOLIYATI O‘RGANILDI


🤝 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 17-G‘ambur saylov okrugi deputati S.To‘rayeva hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi S.Safarov "Do‘stlik" mahallasi hududida joylashgan Axborot-kutubxona markaziga tashrif buyurdi.

📖 Tashrif davomida muassasa faoliyati bilan yaqindan tanishilib, mavjud muammo va takliflar o‘rganildi hamda axborot-kutubxona xizmatlarini yanada takomillashtirish va o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish masalalari yuzasidan muloqot o‘tkazildi.

📑 Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining "Axborot-kutubxona faoliyati to‘g‘risida"gi O‘RQ-280-son Qonuni ijrosi yuzasidan savolnoma asosida o‘rganish olib borildi.
Unda:
📌 Axborot-kutubxona faoliyatini tashkil etish bo‘yicha ichki hujjatlar;
📚 Kutubxona fondini shakllantirish tartibi;
💻 Elektron kutubxona va elektron katalogdan foydalanish imkoniyatlari;
🌐 Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida joriy etilgan xizmatlar;
⭐️ Foydalanuvchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati;
🔒 Axborot-kutubxona resurslaridan erkin va xavfsiz foydalanish uchun yaratilgan shart-sharoitlar batafsil o‘rganildi.

✅ O‘rganish yakunlari bo‘yicha mavjud holat tahlil qilinib, faoliyatni yanada takomillashtirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi hamda kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlari belgilab olindi.

📚 Bilim va ma'rifatni rivojlantirish yo‘lidagi hamkorlik davom etadi!

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 4