Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
MAHALLA SERVIS KOMPANIYASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
GERMANIYADAN 165 BOSH NASLLI QORAMOL OLIB KELINDI
янв.21
SIFATLI ELEKTR TA’MINOTI — AHOLI FAROVONLIGINING MUHIM OMILI
янв.21
17-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish: amaliy ishlar o‘z samarasini bermoqda
янв.21
XUSUSIY MULKNI HIMOYA QILISH VA MULKDORLAR HUQUQLARINING KAFOLATLARI TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR ISHLARI AGENTLIGI O‘RTASIDA HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
DEPUTATGA BIRIKTIRILGAN QONUN DOIRASIDA AMALIY ISHLAR OLIB BORILDI
янв.21
QIZIL-QIYOQ MAHALLASIDA DEPUTATLIK O‘RGANISHI OLIB BORILDI
DEPUTATLIK FAOLIYATIDAN

Xalq deputatlari G‘ozg‘on shahar Kengashi deputati R.Jo‘rayeva tomonidan shahardagi “Shayxon” MFYda bo‘lib, yoshlar yetakchisining faoliyati joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida mahallada yoshlar bilan ishlash tizimining tashkil etilishi, yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy holatini o‘rganish, ularning muammolarini aniqlash va manzilli hal etish borasidagi ishlar atroflicha tahlil qilindi.

Xususan:

yoshlarning bandligini ta’minlash;
kasb-hunarga yo‘naltirish;
tadbirkorlikka jalb etish;
bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish;
sport va madaniy tadbirlarga keng jalb qilish;
iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari ko‘rib chiqildi. 

Shu bilan birga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-92-sonli Qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar tanqidiy-tahliliy ruhda o‘rganildi.

Qaror doirasida: 

“Yoshlar daftari” bilan ishlash holati;
yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash;
bandlikni ta’minlash mexanizmlari;
muammolarni tizimli hal etish yo‘nalishlari alohida ko‘rib chiqildi. 

Shuningdek, yoshlar yetakchisining faoliyatiga oid hujjatlar, hisobotlar va yuritilayotgan ma’lumotlar bazasi ham o‘rganilib, ularning qonunchilik talablariga muvofiqligi tahlil qilindi.

O‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, ish samaradorligini oshirish hamda tizim faoliyatini yanada takomillashtirish yuzasidan tegishli tavsiyalar va topshiriqlar berildi. 

Mazkur o‘rganish ishlari yoshlar siyosatini joylarda samarali amalga oshirish, yoshlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash hamda ularning jamiyatdagi faolligini oshirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3