Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Botir Zaripov Buxoro shahridagi 30-maktabda “Mustaqillik darsi”da ishtirok etdi
янв.21
Xalq deputatlari Peshku tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, hudud faollari ishtirok etdi.
янв.21
🔵Yangi imkoniyatlar va ulkan marralar sari
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi deputati Jasurbek Jonibekov Buxoro tumani Koʻchkoʻmar MFYda sayyor qabul oʻtkazdi.
янв.21
Komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi
янв.21
"Tashabbusli budjet" – xalq tashabbusi va taraqqiyot mezoni.
янв.21
Yoshlar bandligini taʼminlash va oliy taʼlim bitiruvchilarini qoʻllab-quvvatlash masalalari oʻrganildi
янв.21
Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripovning Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Prezidentning farmon va qarorlari hamda Vazirlar Mahkamasi hujjatlari ijrosi yuzasidan hisoboti
янв.21
Xalq deputatlari “Buxoro viloyatini 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyasi” loyihasini koʻrib chiqdi
янв.21
Komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala #_162_ta_qonun #_doimiy_komissiya_faoliyati #_biriktirilgan_tashkilot Doimiy komissiya va “Ekspertlar” guruhi hamkorligida o‘rganish ishlari olib borildi

#_deputat_faoliyati
#_24_ta_masala
#_162_ta_qonun
#_doimiy_komissiya_faoliyati
#_biriktirilgan_tashkilot
Doimiy komissiya va “Ekspertlar” guruhi hamkorligida o‘rganish ishlari olib borildi

Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi hamda tuman Kengashi huzuridagi “Ekspertlar” guruhi a’zolari hamkorligida tuman Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FHDYo) bo‘limi faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida FHDYo bo‘limi tomonidan aholiga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlarining sifati, murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi, fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish bilan bog‘liq ishlar, shuningdek, aholi uchun yaratilgan shart-sharoitlar tahlil qilindi.

Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 22-sentabrdagi “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi O‘RQ-410-sonli Qonuni talablarining ijrosi, xodimlar uchun mehnat sharoitlarining yaratilganligi, mehnat xavfsizligi va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etilishi hamda ish joylarida xavfsiz mehnat sharoitlarini ta’minlash holati ko‘rib chiqildi.

O‘rganish davomida bo‘lim xodimlarining mehnat huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, mehnat muhofazasi bo‘yicha belgilangan talablarga amal qilish, ish joylarida sanitariya-gigiena me’yorlariga rioya etish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.

Aniqlangan holatlar yuzasidan mas’ul xodimlarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni belgilash tavsiya etildi.

Doimiy komissiya va “Ekspertlar” guruhi tomonidan bunday o‘rganishlarni tizimli ravishda davom ettirish, aholiga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari sifatini oshirish, fuqarolar murojaatlariga o‘z vaqtida va qonuniy asosda munosabat bildirilishini ta’minlash hamda mehnat muhofazasi talablariga qat’iy rioya etilishini nazoratga olish muhimligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 3