Baxmal tumanida navbatdagi ochiq muloqot tashkil etildi.
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati, tuman hokimi A. Ergashev Nushkent mahallasi tashabbuskor, iqtidorli va sportchi yoshlari bilan yuzma-yuz uchrashib, ularning taklif, tashabbus va muammolarini tingladi.
💡 Muloqot davomida yoshlar tomonidan ilgari surilgan g‘oya va tashabbuslar atroflicha muhokama qilinib, mavjud muammolarga amaliy yechimlar belgilandi. Ayrim murojaatlar esa joyida ijobiy hal etildi.
🤝 Yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligi va kelajakdagi imkoniyatlarini kengaytirish borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.