35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi deputati Jasurbek Jonibekov Buxoro tumani Koʻchkoʻmar MFYda sayyor qabul oʻtkazdi.
янв.21
Komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi
янв.21
"Tashabbusli budjet" – xalq tashabbusi va taraqqiyot mezoni.
янв.21
Yoshlar bandligini taʼminlash va oliy taʼlim bitiruvchilarini qoʻllab-quvvatlash masalalari oʻrganildi
янв.21
Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripovning Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Prezidentning farmon va qarorlari hamda Vazirlar Mahkamasi hujjatlari ijrosi yuzasidan hisoboti
янв.21
Xalq deputatlari “Buxoro viloyatini 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyasi” loyihasini koʻrib chiqdi
янв.21
Komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi
янв.21
Buxoroda mahalliy Kengashlar hamkorligiga bagʻishlangan uchrashuv boʻlib oʻtdi
янв.21
Komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi deputati Jasurbek Jonibekov Qavola Mahmud MFYda sayyor qabul oʻtkazdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 5 fevraldagi “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-48-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tumanda amalga oshirilayotgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 5 fevraldagi “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-48-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tumanda amalga oshirilayotgan ishlar izchil davom ettirilmoqda. Mazkur qarorda ko‘p kvartirali uylarda yashovchi aholi uchun qulay va munosib yashash sharoitlarini yaratish, uy-joy fondini saqlash va boshqarish tizimini takomillashtirish, hududlarni obodonlashtirish hamda mavjud muammolarni bartaraf etishga alohida e’tibor qaratilgan. Shu maqsadda xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Xamidov Mingchinor mahallasida joylashgan ko‘p qavatli uylarning holatini o‘rgandi. O‘rganish davomida ko‘p qavatli uylarning umumiy holati, atrof-muhitning obodonligi, hududni saqlash va sanitariya holati, shuningdek, aholi uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi. Shu bilan birga, uy-joylar atrofidagi mavjud kamchiliklar, infratuzilma holati hamda aholini qiynayotgan masalalarga e’tibor qaratildi. Aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar bildirildi. Bunday o‘rganishlardan asosiy maqsad — ko‘p qavatli uylarda istiqomat qilayotgan aholi uchun qulay yashash muhitini yaratish, uy-joylarning saqlanishi va obodonligini ta’minlash hamda aholi manfaatlarini himoya qilishdan iborat. 

   

Slide 1 of 4