Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Botir Zaripov Buxoro shahridagi 30-maktabda “Mustaqillik darsi”da ishtirok etdi
янв.21
Xalq deputatlari Peshku tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, hudud faollari ishtirok etdi.
янв.21
🔵Yangi imkoniyatlar va ulkan marralar sari
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi deputati Jasurbek Jonibekov Buxoro tumani Koʻchkoʻmar MFYda sayyor qabul oʻtkazdi.
янв.21
Komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi
янв.21
"Tashabbusli budjet" – xalq tashabbusi va taraqqiyot mezoni.
янв.21
Yoshlar bandligini taʼminlash va oliy taʼlim bitiruvchilarini qoʻllab-quvvatlash masalalari oʻrganildi
янв.21
Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripovning Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Prezidentning farmon va qarorlari hamda Vazirlar Mahkamasi hujjatlari ijrosi yuzasidan hisoboti
янв.21
Xalq deputatlari “Buxoro viloyatini 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyasi” loyihasini koʻrib chiqdi
янв.21
Komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi
#qonun_ijrosi #ijro va nazorat

O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 7-iyundagi “Reklama to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash hamda hududlarda tashqi reklama ob’ektlarining tartibli jo‘ylashtirilganligini nazorat qilish maqsadida navbatdagi o‘rganish tadbiri o‘tkazildi.
Shahar hokimining Davlat tili bo‘yicha maslahatchisi Shovkat Alimov, kotibiyat mudiri Sevar Qodirova hamda mazkur o‘rganishga mas’ul Muhriddin Begmatov tomonidan shahrimizdagi "Kimyogar" mahallasi hududidagi reklama bannerlari va tashqi yozuvlar belgilangan savolnoma asosida birma-bir ko‘rib chiqildi.

O‘rganish davomida asosiy e’tibor qaratilgan yo‘nalishlar:
🔵Davlat tili qoidalariga rioya etilishi: Qonunning 6-moddasi talablariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi hududida reklama davlat tilida tarqatilishi, uning matni imlo va uslubiy qoidalarga mos kelishi;
🔵Hujjatlashtirish va ruxsatnomalar: Reklama konstruktsiyalari hamda bannerlarining qonuniy asosda o‘rnatilgani va tegishli hujjatlarga egaligi;
🔵Moliyaviy va soliq majburiyatlari: Tashqi reklama ob’ektlaridan foydalanganlik uchun mahalliy byudjetga soliq va yig‘imlarning o‘z vaqtida hamda to‘liq to‘lanayotganligi.
Eslatma: Tashqi reklama vositalari shahrimiz ko‘rkiga ko‘rk qo‘shishi bilan birga, amaldagi qonunchilik va milliy til qoidalariga to‘liq mos kelishi shart. O‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya hamda ko‘rsatmalar berildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha:
O‘rganishlar natijasida joylarda aniqlangan bir qator kamchilik va qonunbuzilish holatlari deputatning Muammolarni qayd qilish jurnaliga kiritildi.
Ushbu kamchiliklarni bataraf etish bo‘yicha tegishli ijrochi mas’ullarga aniq topshiriq va ko‘rsatmalar berilib, ularning ijrosi deputat nazoratiga olindi.
Eslatma: Reklama sohasi vakillari va tadbirkorlarimizdan tashqi reklama vositalarini joylashtirishda “Reklama to‘g‘risida”gi Qonun talablariga va davlat tili me’yorlariga qat’iy rioya etishlarini so‘rab qolamiz.

Slide 1 of 8