35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Botir Zaripov Buxoro shahridagi 30-maktabda “Mustaqillik darsi”da ishtirok etdi
янв.21
Xalq deputatlari Peshku tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, hudud faollari ishtirok etdi.
янв.21
🔵Yangi imkoniyatlar va ulkan marralar sari
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi deputati Jasurbek Jonibekov Buxoro tumani Koʻchkoʻmar MFYda sayyor qabul oʻtkazdi.
янв.21
Komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi
янв.21
"Tashabbusli budjet" – xalq tashabbusi va taraqqiyot mezoni.
янв.21
Yoshlar bandligini taʼminlash va oliy taʼlim bitiruvchilarini qoʻllab-quvvatlash masalalari oʻrganildi
янв.21
Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripovning Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Prezidentning farmon va qarorlari hamda Vazirlar Mahkamasi hujjatlari ijrosi yuzasidan hisoboti
янв.21
Xalq deputatlari “Buxoro viloyatini 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyasi” loyihasini koʻrib chiqdi
янв.21
Komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashining "Agrar, suv xo‘jaligi, ekologiya, qurilish, kommunal sohalar, sanoat va transport" masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda komissiya a’zolari, tegishli tashkilot va idoralar rahbarlari, Kengash huzuridagi ekspert guruhi hamda “Madad” NNTning Zomin tuman Huquqiy maslahat byurosi bosh mutaxassisi I.Tashbayev ishtirok etdi.

🗂 Kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan batafsil muhokamalar olib borildi:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-oktabrdagi PQ–298-son hamda 2026-yil 5-fevraldagi PQ–49-son qarorlariga asosan Zomin tumanida jami 5 ta mahalla fuqarolar yig‘ini (“Bunyodkor”, “Mustaqillik”, “Farovon”, “Obi hayot” va “Sh. Rashidov” mahallalari) “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” loyihasiga kiritilgan. Mazkur mahallalarda olib borilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, shuningdek, belgilangan vazifalarning ijrosi holati to'g'risidagi masala muhokama qilindi

Muhokamalar yakunida kun tartibidagi barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi hamda ularning ijrosini nazorat qilish belgilab olindi.

Slide 1 of 3