35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
"Tashabbusli budjet" – xalq tashabbusi va taraqqiyot mezoni.
янв.21
Yoshlar bandligini taʼminlash va oliy taʼlim bitiruvchilarini qoʻllab-quvvatlash masalalari oʻrganildi
янв.21
Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripovning Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Prezidentning farmon va qarorlari hamda Vazirlar Mahkamasi hujjatlari ijrosi yuzasidan hisoboti
янв.21
Xalq deputatlari “Buxoro viloyatini 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyasi” loyihasini koʻrib chiqdi
янв.21
Komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi
янв.21
Buxoroda mahalliy Kengashlar hamkorligiga bagʻishlangan uchrashuv boʻlib oʻtdi
янв.21
Komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi deputati Jasurbek Jonibekov Qavola Mahmud MFYda sayyor qabul oʻtkazdi
янв.21
“Gulistonobod” mahallasi yoshlar yetakchisi faoliyati oʻrganildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
#haftalik ish reja

#haftalik ish reja

Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashining 3-7-avgust kunlari (haftalik) ish rejasi

Maqsad: Deputatlik nazorati, doimiy komissiyalar faoliyati hamda Kengash kotibiyati tomonidan hududlarda qonunlar ijrosi, davlat dasturlari va ijtimoiy-iqtisodiy masalalar yuzasidan tizimli o‘rganishlarni tashkil etish.

📆 3-Avgust Dushanba - (Deputatlik nazorati)
Navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalarni deputatlik saylov okruglarida tegishli ijro organlari vakillari bilan birgalikda joyiga chiqib o‘rganish.
O‘rganish davomida aniqlangan muammo va takliflarni kotibiyatga taqdim etish.
Deputatlarning ko‘chama-ko‘cha yurish jurnali yuritilishi va fotofaktlar bilan rasmiylashtirilishini nazorat qilish.
Hududlarda o‘rganiladigan masalalar
Mahalla yoshlar yetakchisi faoliyati va yoshlar bandligi.
Aholi bandligi masalalari.
Hokim yordamchilari faoliyati, kambag‘allikni qisqartirish ishlari.
Hududdagi investitsiya loyihalari holati.
Mas’ullar: Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi deputatlari, doimiy komissiyalar raislari va a’zolari, Kengash kotibiyati xodimlari (K.Umarboev, I.Omonboev, N.Jo'raboeva) hamda tegishli tashkilotlar vakillari.


📆 4-Avgust Seshanba - (Ijtimoiy soha)
Navbatdagi 25- sessiya kun tartibiga kiritilgan maslalarni r reglament asosida o'tkazish.
Aholiga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi.
Bepul beriladigan dori vositalari bilan ta’minlash holati.
Nogironligi bo‘lgan shaxslarga berilayotgan imtiyozlarning to‘g‘ri qo‘llanilishi.
Mahalla ijtimoiy xodimi faoliyati, ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam tayinlanishi.
Mahalla xotin-qizlar faoli faoliyati samaradorligi.
Mas’ullar: Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi deputatlari, doimiy komissiyalar raislari va a’zolari, Kengash kotibiyati xodimlari (K.Umarboev, I.Omonboev, N.Jo'raboeva) hamda tegishli tashkilotlar vakillari.

📆 5-Avgust Chorshanba - (Infratuzilma va kommunal xizmatlar)
Issiq va sovuq suv, elektr energiyasi va gaz ta’minoti.
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik va isitish tizimlari.
Liftlarning texnik holati.
Boshqaruv kompaniyalari faoliyati, ko‘p qavatli uylar pod’yezdlari, yerto‘lalari va hududlar tozaligi.
Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish.
Parklar, xiyobonlar va bog‘lar holati.
Mas’ullar: Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi deputatlari, doimiy komissiyalar raislari va a’zolari, Kengash kotibiyati xodimlari (K.Umarboev, I.Omonboev, N.Jo'raboeva) hamda tegishli tashkilotlar vakillari.

📆 6-Avgust Payshanba - (Transport va hududlarni obodonlashtirish)
Mahalla ichki yo‘llari, ko‘chalarni yoritish.
Yo‘l-transport hodisalarining oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar.
Jamoat transportining muntazam harakatlanishi.
Avtobus bekatlari va chipta xarid qilish qulayligi.
Bozorlarda asosiy iste’mol mahsulotlari narx-navosi va mahsulotlar yetarliligi.
Mas’ullar: Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi deputatlari, doimiy komissiyalar raislari va a’zolari, Kengash kotibiyati xodimlari (K.Umarboev, I.Omonboev, N.Jo'raboeva) hamda tegishli tashkilotlar vakillari.

📆 7-Avgust Juma - (Ta’lim, sport va madaniyat)
Mahallalardagi sport maydonchalari va sport inshootlari.
Maktab, kollej va akademik litseylarning sport zallari hamda sport jihozlari.
Madaniyat markazlari, kutubxonalar va muzeylar faoliyati.
Davlat xizmatlari markazi va FHDYO organlarida fuqarolarga xizmat ko‘rsatish sifati.
Hududdagi jinoyatchilik holati, ayniqsa "qizil" va "sariq" hududlarda profilaktika ishlari.
Mas’ullar: Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi deputatlari, doimiy komissiyalar raislari va a’zolari, Kengash kotibiyati xodimlari (K.Umarboev, I.Omonboev, N.Jo'raboeva) hamda tegishli tashkilotlar vakillari.

Eslatma: Mazkur ish rejasiga shahar hayotidagi dolzarb masalalardan kelib chiqib, Kengash raisi  tomonidan qo'shimcha va o'zgartirishlar kiritilishi mumkin.

Slide 1 of 1