35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi
янв.21
"Tashabbusli budjet" – xalq tashabbusi va taraqqiyot mezoni.
янв.21
Yoshlar bandligini taʼminlash va oliy taʼlim bitiruvchilarini qoʻllab-quvvatlash masalalari oʻrganildi
янв.21
Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripovning Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Prezidentning farmon va qarorlari hamda Vazirlar Mahkamasi hujjatlari ijrosi yuzasidan hisoboti
янв.21
Xalq deputatlari “Buxoro viloyatini 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyasi” loyihasini koʻrib chiqdi
янв.21
Komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi
янв.21
Buxoroda mahalliy Kengashlar hamkorligiga bagʻishlangan uchrashuv boʻlib oʻtdi
янв.21
Komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi deputati Jasurbek Jonibekov Qavola Mahmud MFYda sayyor qabul oʻtkazdi
янв.21
“Gulistonobod” mahallasi yoshlar yetakchisi faoliyati oʻrganildi
"Chamanbog" mahallasida yangi yashil hudud barpo etilmoqda

"Chamanbog" mahallasida yangi yashil hudud barpo etilmoqda

⚡️ Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining 7-"Chamanbog‘" saylov okrugi deputati Abdumannop Abduqayumov tomonidan "Chamanbog" mahallasi Damariq kanali bo‘yida amalga oshirilayotgan ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.

🍀 Mazkur hududda aholi uchun qulay ekologik muhit yaratish maqsadida yangi yashil maydon (bog‘) barpo etish ishlari olib borilmoqda. Loyiha doirasida tomchilatib sug‘orish tizimi joriy etilib, hududni ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha zarur ishlar amalga oshirilmoqda.

🤝 Ushbu ishlar Olmazor tumani hokimligi hamda Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengash deputati Abdumannop Abdukayumov hamkorligida hududni obodonlashtirish, yashil hududlarni kengaytirish va ekologik muhitni yaxshilashga qaratilgan amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.

💡 O‘rganish davomida bajarilayotgan ishlarning sifati, belgilangan muddatlarda yakunlanishi hamda ko‘chatlarni parvarishlash va sug‘orish tizimining samarali ishlashi yuzasidan mas'ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

📚 Deputat faoliyati quyidagi qonunchilik hujjatlari ijrosi doirasida amalga oshirilmoqda:
🔹 "Ekologik nazorat to‘g‘risida"gi Qonun;
🔹 "Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida"gi Qonun;
🔹 "Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida"gi Qonun.

📸 Jarayondan fotolavhalar.

Slide 1 of 5