35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Yoshlar bandligini taʼminlash va oliy taʼlim bitiruvchilarini qoʻllab-quvvatlash masalalari oʻrganildi
янв.21
Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripovning Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Prezidentning farmon va qarorlari hamda Vazirlar Mahkamasi hujjatlari ijrosi yuzasidan hisoboti
янв.21
Xalq deputatlari “Buxoro viloyatini 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyasi” loyihasini koʻrib chiqdi
янв.21
Komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi
янв.21
Buxoroda mahalliy Kengashlar hamkorligiga bagʻishlangan uchrashuv boʻlib oʻtdi
янв.21
Komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi deputati Jasurbek Jonibekov Qavola Mahmud MFYda sayyor qabul oʻtkazdi
янв.21
“Gulistonobod” mahallasi yoshlar yetakchisi faoliyati oʻrganildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Davlat boshqaruvida ochiqlikni ta’minlashga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
🩺👩‍⚕️ Sessiya kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi

📋 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan Shovot tumani Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Jumaniyozova Saida Nuraddinovnaning 2026-yil II choragida amalga oshirilgan faoliyati yuzasidan hisobotini har tomonlama o‘rganish maqsadida Shovot tumani Sog‘liqni saqlash bo‘limida o‘rganish ishlari olib borildi.
👩‍⚕️ O‘rganish davomida tumandagi xotin-qizlar salomatligini mustahkamlash, ularning tibbiy ko‘rikdan o‘tishi, reproduktiv salomatlikni muhofaza qilish, profilaktik tadbirlar samaradorligi hamda sog‘liq bilan bog‘liq mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha ko‘rib chiqildi.
👥 O‘rganishda Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining 11-Istiqbol saylov okrugi deputati Dosova Gulxumar Quranbayevna hamda Kengash kotibiyati xodimi Ro‘zmetov Umrbek Shavkatovich ishtirok etdi.
✅ O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqilib, mazkur masala Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining navbatdagi sessiyasida ko‘rib chiqilishi belgilandi.

Slide 1 of 3