35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripovning Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Prezidentning farmon va qarorlari hamda Vazirlar Mahkamasi hujjatlari ijrosi yuzasidan hisoboti
янв.21
Xalq deputatlari “Buxoro viloyatini 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyasi” loyihasini koʻrib chiqdi
янв.21
Komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi
янв.21
Buxoroda mahalliy Kengashlar hamkorligiga bagʻishlangan uchrashuv boʻlib oʻtdi
янв.21
Komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi deputati Jasurbek Jonibekov Qavola Mahmud MFYda sayyor qabul oʻtkazdi
янв.21
“Gulistonobod” mahallasi yoshlar yetakchisi faoliyati oʻrganildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Davlat boshqaruvida ochiqlikni ta’minlashga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
Haftalik reja asosida "Yoshlik" mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi hamda mahalla yettiligining olti oylik faoliyati muhokama qilindi
Haftalik reja asosida "Yoshlik" mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi hamda mahalla yettiligining olti oylik faoliyati muhokama qilindi

📍 Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Shomansurov Temur Shaalimovich haftalik ish rejasiga muvofiq o‘zi saylangan 6-Olimpiya saylov okrugi hududidagi "Yoshlik" mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi sayyor qabulni o‘tkazdi.

📝 Sayyor qabul davomida fuqarolarning murojaat va takliflari tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli mas'ullarga deputatlik nazorati doirasida zarur topshiriq va tavsiyalar berildi.

🧮 Shuningdek, mahalla yettiligi vakillari tomonidan joriy yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan 6 oylik hisobotlar eshitildi.
🔹 Mahalla fuqarolar yig‘ini raisi – mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, obodonlashtirish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash hamda davlat dasturlari ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar haqida hisobot berdi.
🔹 Profilaktika inspektori – hududda huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, jamoat xavfsizligini ta'minlash hamda profilaktik tadbirlar natijalari to‘g‘risida axborot berdi.
🔹 Yoshlar yetakchisi – yoshlar bandligini ta'minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va "Yoshlar daftari" bilan ishlash bo‘yicha olib borilgan ishlar yuzasidan hisobot berdi.
🔹 Xotin-qizlar faoli – xotin-qizlarning bandligini oshirish, ularni qo‘llab-quvvatlash, oilalarda sog‘lom ma'naviy muhitni mustahkamlash hamda manzilli ishlash natijalari haqida ma'lumot berdi.
🔹 Ijtimoiy xodim – ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, ularga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar va manzilli yordam ko‘rsatish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot taqdim etdi.

🔖 Deputat hisobotlarda ko‘tarilgan masalalarni atroflicha muhokama qilib, faoliyat samaradorligini yanada oshirish, aholi murojaatlarini o‘z vaqtida hal etish hamda davlat organlari va mahalla fuqarolar yig‘ini o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berdi.

⚖️ Mazkur faoliyat O‘zbekiston Respublikasining "Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida"gi, "Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida"gi, "Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida"gi hamda "Fuqarolarning murojaatlari to‘g‘risida"gi qonunlari talablariga muvofiq, deputatlik nazorati va aholi bilan ochiq muloqotni ta'minlash maqsadida amalga oshirildi.
Slide 1 of 8