35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripovning Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Prezidentning farmon va qarorlari hamda Vazirlar Mahkamasi hujjatlari ijrosi yuzasidan hisoboti
янв.21
Xalq deputatlari “Buxoro viloyatini 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyasi” loyihasini koʻrib chiqdi
янв.21
Komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi
янв.21
Buxoroda mahalliy Kengashlar hamkorligiga bagʻishlangan uchrashuv boʻlib oʻtdi
янв.21
Komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi deputati Jasurbek Jonibekov Qavola Mahmud MFYda sayyor qabul oʻtkazdi
янв.21
“Gulistonobod” mahallasi yoshlar yetakchisi faoliyati oʻrganildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Davlat boshqaruvida ochiqlikni ta’minlashga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
Otabek Jiyanboyev 2026-yilning ikkinchi choragi bo‘yicha axborot berdi

#deputat_axboroti #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Otabek Jiyanboyev 2026-yilning ikkinchi choragi bo‘yicha axborot berdi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 7-"Ming o‘rik" saylov okrugi deputati Otabek Jiyanboyev saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazib, 2026-yilning ikkinchi choragi davomida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan axborot berdi.

🤝 Tadbirda Toshkent shahar Uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi mas’ul xodimi Ravshanbek Sherg‘oziyev, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Mirobod tumani bo‘limi boshlig‘i Murodulla Ahmadjonov, Mirobod tuman kotibiyati mudiri Avaz Karimov, mahalla raislari, ko‘chaboshilar, uyboshilar hamda Mirobod tumani hokimligi mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

📝 Axborot davomida deputat hisobot davrida Toshkent shahar Kengashining 3 ta sessiyasi hamda 2 ta doimiy komissiya yig‘ilishida faol qatnashib, shahar infratuzilmasini rivojlantirish, kommunal xizmatlar sifatini oshirish, hududlarni obodonlashtirish, jamoat xavfsizligini ta’minlash va aholi manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan masalalar yuzasidan o‘z taklif va tashabbuslarini ilgari surganini ta’kidladi.

📍 Saylov okrugiga kiruvchi "At-Termiziy", "Ming o‘rik", "Zaminobod", "Farovon", "Afrosiyob", "Mirobod", "Oybek", "Yangi Mirobod", "Lolazor", "Abdulla Avloniy" hamda "Temiryo‘lchilar" mahallalarida muntazam o‘rganishlar olib borilib, aholi bilan ochiq muloqotlar tashkil etildi. Mazkur uchrashuvlar davomida ichki yo‘llar, oqova suv tarmoqlari, tabiiy gaz, ko‘p qavatli uylar, bolalar va workout maydonchalari, piyodalar yo‘laklari hamda hududlarni obodonlashtirish bilan bog‘liq dolzarb masalalar yuzasidan amaliy choralar ko‘rildi.

📬 Hisobot davrida 45 marotaba fuqarolar qabuli o‘tkazilib, kelib tushgan murojaatlar asosida 14 ta deputatlik so‘rovi tegishli davlat organlari va tashkilotlariga yuborildi hamda ularning ijrosi deputatlik nazoratiga olindi. Fuqarolar murojaatlarining asosiy qismi uy-joy kommunal xo‘jaligi, infratuzilma va obodonlashtirish masalalariga oid bo‘lib, ularning aksariyati ijobiy hal etildi.

💰 Deputat tashabbusi bilan "Yangi Mirobod" mahallasidagi sport maydonchasini rekonstruksiya qilish uchun 250 million so‘m, shuningdek, Mirobod tumanidagi 16 ta mahallada videokuzatuv tizimlarini modernizatsiya qilish va qo‘shimcha kameralar o‘rnatish uchun 300 million so‘m, jami 550 million so‘m mablag‘ ajratish bo‘yicha takliflar ilgari surildi. Bundan tashqari, "Sharof Rashidov" va "Farovon" mahallalarida artezian quduqlarini qazish hamda sug‘orish tizimini yaxshilash bo‘yicha ishlar boshlanganligi qayd etildi.

📢 Deputat tomonidan hisobot davrida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ijtimoiy tarmoqlarda muntazam axborot berib borildi, bu orqali saylovchilar bilan ochiq muloqot va jamoatchilik nazoratini ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi.

💬 Yakunda uchrashuv ishtirokchilari hududlardagi dolzarb masalalar yuzasidan o‘z taklif va mulohazalarini bildirib, ichki infratuzilmani yanada takomillashtirish, kommunal xizmatlar sifatini oshirish hamda aholi murojaatlarini o‘z vaqtida hal etish bo‘yicha fikr almashdilar. Deputat esa kelgusida ham fuqarolar bilan ochiq muloqotni davom ettirish, muammolarni mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish va saylovchilar manfaatlarini himoya qilish o‘z faoliyatining ustuvor yo‘nalishi bo‘lib qolishini ta’kidladi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 10