Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Botir Zaripov Buxoro shahridagi 30-maktabda “Mustaqillik darsi”da ishtirok etdi
янв.21
Xalq deputatlari Peshku tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, hudud faollari ishtirok etdi.
янв.21
🔵Yangi imkoniyatlar va ulkan marralar sari
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi deputati Jasurbek Jonibekov Buxoro tumani Koʻchkoʻmar MFYda sayyor qabul oʻtkazdi.
янв.21
Komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi
янв.21
"Tashabbusli budjet" – xalq tashabbusi va taraqqiyot mezoni.
янв.21
Yoshlar bandligini taʼminlash va oliy taʼlim bitiruvchilarini qoʻllab-quvvatlash masalalari oʻrganildi
янв.21
Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripovning Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Prezidentning farmon va qarorlari hamda Vazirlar Mahkamasi hujjatlari ijrosi yuzasidan hisoboti
янв.21
Xalq deputatlari “Buxoro viloyatini 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyasi” loyihasini koʻrib chiqdi
янв.21
Komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi
Yig‘ilish davomida tumandagi kriminogen vaziyat atroflicha muhokama qilindi. Tahlillarga ko‘ra, oldi olinishi mumkin bo‘lgan jinoyatlar umumiy hisobda 18,3 foizga kamaygan bo‘lsa-da, qotillik, nomusga tegish, og‘ir tan jarohati yetkazish, o‘g‘rilik, firibgarlik, oilaviy zo‘ravonlik hamda yo‘l-transport hodisalari bilan bog‘liq ayrim turdagi jinoyatlar sonida o‘sish kuzatilgani qayd etildi.

#19_1_modda
#Doimiy_komissiya_faoliyati

Shuningdek, jinoyatlarni shaxslar kesimida tahlil qilish natijasida voyaga yetmaganlar, yoshlar, muqaddam sudlangan shaxslar hamda mast holatda jinoyat sodir etgan shaxslar ulushining oshgani ta'kidlandi.

Muhokamalar davomida mazkur holatlarning asosiy sabablari sifatida yoshlar bandligini ta'minlashdagi kamchiliklar, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish darajasining yetarli emasligi, oilalardagi tarbiyaviy muammolar, shuningdek, internet tarmog‘i orqali sodir etilayotgan firibgarlik va kiberjinoyatlarning ko‘payib borayotgani alohida qayd etildi.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|

Slide 1 of 1