35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Xalq deputatlari “Buxoro viloyatini 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyasi” loyihasini koʻrib chiqdi
янв.21
Komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi
янв.21
Buxoroda mahalliy Kengashlar hamkorligiga bagʻishlangan uchrashuv boʻlib oʻtdi
янв.21
Komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi deputati Jasurbek Jonibekov Qavola Mahmud MFYda sayyor qabul oʻtkazdi
янв.21
“Gulistonobod” mahallasi yoshlar yetakchisi faoliyati oʻrganildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Davlat boshqaruvida ochiqlikni ta’minlashga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi
Xalq bilan ochiq muloqot — fuqarolar manfaatlarini ta'minlash yo'lidagi muhim qadam

🤝 Qabulda Termiz shahar hokimi, Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputati Sh.Lolayev hamda Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi D.Normuradova ishtirok etib, fuqarolarni shaxsan qabul qildilar.
Qabul davomida shaharning turli mahallalaridan tashrif buyurgan fuqarolarning yer munosabatlari, uy-joy, bandlik, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy yordam, kommunal xizmatlar, infratuzilma, kadastr, sud-huquq hamda boshqa ijtimoiy masalalarga oid jami 15 ta murojaati atroflicha ko‘rib chiqildi.
📋 Har bir murojaat bo‘yicha murojaatchining fikr-mulohazalari batafsil tinglanib, amaldagi qonunchilik hujjatlari asosida huquqiy baho berildi hamda masalalarning yechimi yuzasidan aniq choralar belgilandi.
📊 Qabul yakunlari bo‘yicha:
✅ 3 ta murojaat joyida ijobiy hal etildi;
📖 5 nafar fuqaroga amaldagi qonunchilik asosida huquqiy tushuntirishlar va zarur tavsiyalar berildi;
📝 Qo‘shimcha o‘rganish talab etilgan murojaatlar yuzasidan mas'ul tashkilot va idoralar rahbarlariga aniq vazifalar yuklatilib, ijro muddatlari belgilandi hamda ularning bajarilishi qat'iy nazoratga olindi.
Shuningdek, qabul davomida mutasaddilar tomonidan har bir murojaatning mohiyatidan kelib chiqib, fuqarolarning muammolarini tizimli hal etish, ularning takroran murojaat qilishiga yo‘l qo‘ymaslik hamda davlat xizmatlari sifatini yanada oshirish yuzasidan tegishli mas'ullarga zarur ko‘rsatmalar berildi.
💬 Fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqot qilish, ularning muammolarini bevosita eshitish va joyida hal etish bo‘yicha bunday sayyor qabullar aholi va davlat organlari o‘rtasidagi ishonchni yanada mustahkamlash, xalq manfaatlarini ta'minlash hamda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
🤝 Termiz shahar hokimi hamda hokim o‘rinbosarlarining Xalq qabulxonasidagi shaxsiy qabullari tasdiqlangan reja-grafik asosida muntazam ravishda davom ettiriladi. Har bir murojaat e'tibordan chetda qolmaydi, fuqarolarni o‘ylantirayotgan masalalarni hal etish bo‘yicha amaliy ishlar izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 4