Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Botir Zaripov Buxoro shahridagi 30-maktabda “Mustaqillik darsi”da ishtirok etdi
янв.21
Xalq deputatlari Peshku tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, hudud faollari ishtirok etdi.
янв.21
🔵Yangi imkoniyatlar va ulkan marralar sari
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi deputati Jasurbek Jonibekov Buxoro tumani Koʻchkoʻmar MFYda sayyor qabul oʻtkazdi.
янв.21
Komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi
янв.21
"Tashabbusli budjet" – xalq tashabbusi va taraqqiyot mezoni.
янв.21
Yoshlar bandligini taʼminlash va oliy taʼlim bitiruvchilarini qoʻllab-quvvatlash masalalari oʻrganildi
янв.21
Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripovning Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Prezidentning farmon va qarorlari hamda Vazirlar Mahkamasi hujjatlari ijrosi yuzasidan hisoboti
янв.21
Xalq deputatlari “Buxoro viloyatini 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyasi” loyihasini koʻrib chiqdi
янв.21
Komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi
Veterinariya sohasi bo‘yicha sessiya oldi o‘rganishlar davom etmoqda

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga tuman veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘ining hisoboti kiritilganligi munosabati bilan deputatlar tomonidan joylarda sessiya oldi o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda.

Deputat X. Turdiyev Qorag‘uppa mahallasida fuqarolar xonadonlariga tashrif buyurib, veterinariya xizmatlari amaliyoti bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganish jarayonida Qorag‘uppa mahallasi aholisi tomonidan chorva mollarining qariyb 70 foizi veterinariya pasportlari bilan ta’minlanib, raqamlashtirish ishlari amalga oshirilgani qayd etildi.

Bu esa sohada hisob-kitob tizimini takomillashtirish hamda epizootik barqarorlikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

Shu bilan birga, qolgan chorva mollarini ham to‘liq veterinariya ro‘yxatidan o‘tkazish va pasportlashtirish ishlarini yakunlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2