Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Botir Zaripov Buxoro shahridagi 30-maktabda “Mustaqillik darsi”da ishtirok etdi
янв.21
Xalq deputatlari Peshku tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, hudud faollari ishtirok etdi.
янв.21
🔵Yangi imkoniyatlar va ulkan marralar sari
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi deputati Jasurbek Jonibekov Buxoro tumani Koʻchkoʻmar MFYda sayyor qabul oʻtkazdi.
янв.21
Komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi
янв.21
"Tashabbusli budjet" – xalq tashabbusi va taraqqiyot mezoni.
янв.21
Yoshlar bandligini taʼminlash va oliy taʼlim bitiruvchilarini qoʻllab-quvvatlash masalalari oʻrganildi
янв.21
Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripovning Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Prezidentning farmon va qarorlari hamda Vazirlar Mahkamasi hujjatlari ijrosi yuzasidan hisoboti
янв.21
Xalq deputatlari “Buxoro viloyatini 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyasi” loyihasini koʻrib chiqdi
янв.21
Komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi
#Chinoz_tumani Aholiga o‘zi vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati o'rganildi.


📍 Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining ish rejasiga muvofiq, OʻzXDP partiyasidan 20-Eshonobod saylov okrugidan saylangan deputat Alimjon Adilbekovga biriktirilgan Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi B. Ortiqboyev tomonidan Kanalobod MFY hududida joylashgan oilaviy poliklinikada aholiga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati o‘rganildi.

🩺 O‘rganish davomida fuqarolarga birlamchi tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati, bemorlarni qabul qilish tartibi, tibbiyot xodimlari faoliyati hamda tibbiy xizmatlarning amaldagi talablarga muvofiqligi yuzasidan mas'ul xodim bilan suhbatlashildi.

📋 O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan holatlar tahlil qilinib, tibbiy xizmatlar sifatini yanada oshirish, aholiga o‘z vaqtida va samarali tibbiy yordam ko‘rsatishni takomillashtirish hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli taklif bildirildi.

Slide 1 of 3