Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Botir Zaripov Buxoro shahridagi 30-maktabda “Mustaqillik darsi”da ishtirok etdi
янв.21
Xalq deputatlari Peshku tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, hudud faollari ishtirok etdi.
янв.21
🔵Yangi imkoniyatlar va ulkan marralar sari
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi deputati Jasurbek Jonibekov Buxoro tumani Koʻchkoʻmar MFYda sayyor qabul oʻtkazdi.
янв.21
Komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi
янв.21
"Tashabbusli budjet" – xalq tashabbusi va taraqqiyot mezoni.
янв.21
Yoshlar bandligini taʼminlash va oliy taʼlim bitiruvchilarini qoʻllab-quvvatlash masalalari oʻrganildi
янв.21
Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripovning Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Prezidentning farmon va qarorlari hamda Vazirlar Mahkamasi hujjatlari ijrosi yuzasidan hisoboti
янв.21
Xalq deputatlari “Buxoro viloyatini 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyasi” loyihasini koʻrib chiqdi
янв.21
Komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi
"Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni

Qonun № O‘RQ-641
Qabul qilingan sana: 2020-yil 15-oktabr

Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini ta’minlash, ularning qadr-qimmati va sha’nini hurmat qilish, jamiyat hayotining barcha sohalarida teng huquq va imkoniyatlarga ega bo‘lishini kafolatlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.

Shu maqsadda qabul qilingan "Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, ularga nisbatan har qanday kamsitishning oldini olish, to‘siqlarsiz muhitni shakllantirish hamda ularning jamiyat hayotida faol va to‘laqonli ishtirok etishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga xizmat qiladi.

Mazkur Qonunga ko‘ra, nogironligi bo‘lgan shaxslar boshqa fuqarolar bilan teng ravishda ta’lim olish, kasb-hunar egallash, mehnat qilish va band bo‘lish, sog‘liqni saqlash xizmatlaridan foydalanish, reabilitatsiya va ijtimoiy himoya xizmatlarini olish, axborot-kommunikatsiya vositalaridan erkin foydalanish, davlat va jamiyat boshqaruvida ishtirok etish, shuningdek madaniyat, sport va dam olish tadbirlarida qatnashish huquqiga ega.

Qonunda davlat organlari va tashkilotlarining nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini ta’minlash borasidagi vazifalari ham aniq belgilangan. Jumladan, inklyuziv va qulay muhitni yaratish, bino va inshootlar, transport, axborot hamda xizmatlardan erkin foydalanish imkoniyatini ta’minlash, reabilitatsiya va ijtimoiy moslashuv tizimini rivojlantirish, nogironlikning oldini olish hamda uni erta aniqlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish davlatning muhim vazifalaridan hisoblanadi.

Qonun qonuniylik, insonparvarlik, inson qadr-qimmati va sha’nini hurmat qilish, teng huquqlilik, kamsitishga yo‘l qo‘ymaslik, manzillilik va individual yondashuv, ochiqlik va shaffoflik, shuningdek davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari hamda jamiyatning o‘zaro hamkorligi prinsiplariga asoslanadi.

Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini ta’minlash nafaqat davlat organlari, balki jamiyatning har bir a’zosidan mas’uliyat, hurmat va e’tiborni talab etadi. Ularning ta’lim olishi, mehnat qilishi, erkin harakatlanishi va jamiyat hayotida faol ishtirok etishi uchun teng imkoniyatlar yaratish adolatli, inklyuziv va insonparvar jamiyat barpo etishning muhim shartidir.

Har bir fuqaro nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlariga hurmat bilan yondashishi, ularning jamiyatdagi munosib o‘rnini ta’minlashga hissa qo‘shishi lozim. Zero, inson qadrini ulug‘lash va hech kimni e’tibordan chetda qoldirmaslik — Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining muhim tamoyillaridan biridir.