Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Buxoroda mahalliy Kengashlar hamkorligiga bagʻishlangan uchrashuv boʻlib oʻtdi
янв.21
Komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi deputati Jasurbek Jonibekov Qavola Mahmud MFYda sayyor qabul oʻtkazdi
янв.21
“Gulistonobod” mahallasi yoshlar yetakchisi faoliyati oʻrganildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Davlat boshqaruvida ochiqlikni ta’minlashga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
“NAVRO‘Z” MAHALLASIDA “MAHALLABAY” ISHLASH TIZIMI O‘RGANILDI: QONUNLAR IJROSI VA MAS’ULLAR FAOLIYATI DEPUTATLIK NAZORATIDA

Navbatdagi o‘rganishlar doirasida Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Ashurov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi R.Mamashukurov shahardagi 10-“Navro‘z” saylov okrugidan saylangan deputat X.Xolmuminov ishtirokida “Navro‘z” mahallasida bo‘ldilar.

O‘rganish davomida mahalladagi profilaktika inspektori hamda yoshlar yetakchisi faoliyati atroflicha tahlil qilinib, huquqbuzarliklarning oldini olish, yoshlar bilan manzilli ishlash, ularning bandligini ta’minlash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash tizimi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Shuningdek, shahar Kengashi deputatlariga biriktirilgan 162 ta qonunning mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish hamda ularning amaldagi ijrosini o‘rganish maqsadida ishlab chiqilgan savolnomalar asosida qator qonunlar ijrosi ham o‘rganildi.

Xususan:

“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ–445-son) ijrosi yuzasidan fuqarolar murojaatlarini qabul qilish, ularni ko‘rib chiqish muddatlari, murojaatlar bilan ishlash sifati hamda murojaatlarning yechimi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

“Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ–406-son) ijrosi doirasida yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, kasb-hunarga yo‘naltirish, iqtidorli yoshlarni rag‘batlantirish hamda huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mas’ullarning axboroti tinglandi.

Muhokamalar davomida qonunlar ijrosini yanada samarali tashkil etish, aholi bilan ochiq muloqotni kuchaytirish, yoshlar muammolarini manzilli hal etish hamda profilaktik ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi tomonidan 162 ta qonun ijrosini joylarda o‘rganish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash sifatini oshirish hamda “mahallabay” ishlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan deputatlik nazorati  davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 2