Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Buxoroda mahalliy Kengashlar hamkorligiga bagʻishlangan uchrashuv boʻlib oʻtdi
янв.21
Komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi deputati Jasurbek Jonibekov Qavola Mahmud MFYda sayyor qabul oʻtkazdi
янв.21
“Gulistonobod” mahallasi yoshlar yetakchisi faoliyati oʻrganildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Davlat boshqaruvida ochiqlikni ta’minlashga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
Oliy Majlis Senatining Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi aʼzosi Malika Qodirxonova Toshkent viloyatining Yangiyoʻl shahrida ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hamda shahar Kengashi faoliyatini oʻrgandi.

#senatorlar_hududda

Oliy Majlis Senatining Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi aʼzosi Malika Qodirxonova Toshkent viloyatining Yangiyoʻl shahrida ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hamda shahar Kengashi faoliyatini oʻrgandi.

Oʻrganish doirasida xalq deputatlari Yangiyoʻl shahar Kengashi deputatlari, hokimiyat masʼullari va mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirokida boʻlib oʻtgan davra suhbati davomida Senat yalpi majlisida maʼqullangan qonunlarning mazmun-mohiyati, ularning joylardagi ijrosi hamda bu boradagi vazifalar yuzasidan fikr almashildi.

Mahalliy Kengashlar ishini yanada tizimli yoʻlga qoʻyish, deputatlar faolligini oshirish va ilgʻor xorijiy tajribalarni amaliyotga tatbiq etish masalalariga ham alohida eʼtibor qaratildi.

Shuningdek, deputatlarning ish rejalari ijrosi, sayyor qabullar samaradorligi, saylovchilar bilan muloqot holati hamda deputatlik nazoratini amalga oshirish borasidagi faoliyati tanqidiy-tahliliy ruhda muhokama etildi.

Mahalliy Kengash aʼzolari tomonidan respublika darajasida yechim talab etadigan qator masalalar yuzasidan taklif va mulohazalar bildirildi. Senator ularni hal etishda parlament nazorati imkoniyatlaridan keng foydalanish, vakolatli davlat organlari bilan hamkorlikni kuchaytirish hamda zarur choralar koʻrish muhimligini taʼkidladi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook

Slide 1 of 3