Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Buxoroda mahalliy Kengashlar hamkorligiga bagʻishlangan uchrashuv boʻlib oʻtdi
янв.21
Komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi deputati Jasurbek Jonibekov Qavola Mahmud MFYda sayyor qabul oʻtkazdi
янв.21
“Gulistonobod” mahallasi yoshlar yetakchisi faoliyati oʻrganildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Davlat boshqaruvida ochiqlikni ta’minlashga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
Tuman Kengashi deputati murojaatlarni o‘rganmoqda va murojaatlar daftarini yuritmoqda

Tuman Kengashi deputati murojaatlarni o‘rganmoqda va murojaatlar daftarini yuritmoqda

✍️ Xalq deputatlari tuman Kengashiga “Dashtig‘oz” saylov okrugidan saylangan deputat J.Choriyev tomonidan saylov okrugidagi aholi bilan doimiy muloqot o‘rnatish, ularning muammo va takliflarini o‘rganilmoqda. O‘rganishlar davomida aholi tomonidan bildirilayotgan murojaatlar atroflicha o‘rganilib, ularning mazmun-mohiyati tahlil qilinmoqda hamda yechim talab etuvchi masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlarga murojaatlar kiritilmoqda.

✍️ Shu bilan birga, har bir murojaatni tizimli nazorat qilish maqsadida deputat tomonidan maxsus murojaatlar daftari yuritilmoqda. Unda murojaat qiluvchining ma’lumotlari, ko‘tarilgan masala, uni hal etish bo‘yicha amalga oshirilgan choralar va ijro holati qayd etib borilmoqda. Bu esa murojaatlarning o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqilishini ta’minlashga xizmat qiladi. Mahalliy Kengash deputatlari saylovchilardan tushgan murojaatlarni ko‘rib chiqishi, ularning hisobini yuritishi va ijrosini nazorat qilishi qonunchilikda belgilangan vazifalardan hisoblanadi.

✍️ Fuqarolar murojaatlari aholini qiynayotgan muammolarni aniqlash, ularni bartaraf etish hamda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois deputat tomonidan murojaatlar bilan ishlash va ularning ijrosini nazorat qilish ishlari muntazam davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 4