Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Buxoroda mahalliy Kengashlar hamkorligiga bagʻishlangan uchrashuv boʻlib oʻtdi
янв.21
Komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi deputati Jasurbek Jonibekov Qavola Mahmud MFYda sayyor qabul oʻtkazdi
янв.21
“Gulistonobod” mahallasi yoshlar yetakchisi faoliyati oʻrganildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Davlat boshqaruvida ochiqlikni ta’minlashga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
#24_ta_masala 📌 Mohpar mahallasida mahalla raisi faoliyati va hududni rivojlantirish ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi kotibiyati mudiri N.Kiyamov hamda tuman Kengashi deputati M.Raximov tomonidan Mohpar mahallasida mahalla raisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahalla hududini kompleks rivojlantirish, aholi muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va samarali hal etish, ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash hamda mahallada olib borilayotgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari tahlil qilindi.

Shuningdek, mahallada hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, soliq inspektori va ijtimoiy xodimdan iborat “mahalla yettiligi”ning o‘zaro hamkorlikdagi faoliyati, aholiga xizmat ko‘rsatish sifati hamda belgilangan vazifalarning ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

Mahallada ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, kambag‘al oilalarga ajratilayotgan mablag‘larning manzilli va maqsadli yo‘naltirilishi, shuningdek, Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamg‘armasi mablag‘lari va homiylik xayriyalaridan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Ta’kidlanganidek, mahallalarda tizimli va hamjihatlik asosida tashkil etilgan ishlar aholi farovonligini oshirish, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda hududlarni barqaror rivojlantirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

✅ O‘rganish yakunida mahallada olib borilayotgan ishlar samaradorligini yanada oshirish hamda aholi murojaatlariga yechim topish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegramm | Web-sayt | Facebook | Instagram

Slide 1 of 4