Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Buxoroda mahalliy Kengashlar hamkorligiga bagʻishlangan uchrashuv boʻlib oʻtdi
янв.21
Komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi deputati Jasurbek Jonibekov Qavola Mahmud MFYda sayyor qabul oʻtkazdi
янв.21
“Gulistonobod” mahallasi yoshlar yetakchisi faoliyati oʻrganildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Davlat boshqaruvida ochiqlikni ta’minlashga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
#24_ta_masala 📌 Prezident qarori ijrosi yuzasidan 6-son oilaviy poliklinikada o‘rganish o‘tkazildi

Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi kotibiyati mudiri N.Kiyamov hamda tuman Kengashi deputati M.Raximov tomonidan Ishtixon tumanidagi 6-son oilaviy poliklinikada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini aholiga yaqinlashtirish va tibbiy xizmatlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.

O‘rganish davomida aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini o‘z vaqtida va sifatli ko‘rsatish, profilaktik ko‘riklar tashkil etilishi, patronaj xizmatlari samaradorligi, tibbiyot xodimlari faoliyati hamda fuqarolar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishildi.

Shuningdek, tibbiy xizmatlar sifati, aholi murojaatlariga munosabat bildirish, kasalliklarning oldini olish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan mas’ullar bilan muloqot qilindi.

Mazkur o‘rganish ishlari navbatdagi Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi sessiyasida tuman sog‘liqni saqlash bo‘limining sohaga oid faoliyati hamda Prezident qarorida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan hisobotini eshitish oldidan amalga oshirildi. O‘rganish natijalari sessiya muhokamalarida inobatga olinib, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi.

✅ Deputatlar tomonidan joylarda olib borilayotgan bunday o‘rganishlar sog‘liqni saqlash tizimidagi mavjud holatni xolis baholash hamda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegramm | Web-sayt | Facebook | Instagram

Slide 1 of 1