Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“Gulistonobod” mahallasi yoshlar yetakchisi faoliyati oʻrganildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Davlat boshqaruvida ochiqlikni ta’minlashga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
янв.21
Yurt tinchligi yoʻlida xizmat qilgan faxriyga hurmat va eʼtibor
янв.21
"Sharq" mahallasida soliq bazasi va tushumlar tanqidiy tahlil qilindi
янв.21
Buxoroda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiali ochildi
AHOLIGA O‘Z VAQTIDA SIFATLI TIBBIY YORDAM KO‘RSATILISHI – DEPUTAT E’TIBORIDA

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 5-“Changi” saylov okrugidan saylangan deputat Mahkamova Feruza Sa’diyevna tomonidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish maqsadida Parkent tumani Ko‘p tarmoqli
markaziy poliklinikasida aholiga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatilishi holati o‘rganildi. Tashrif davomida aholiga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi, shuningdek, bepul beriladigan dori vositalari bilan
ta’minlash holatlari jamoatchilik nazorati asosida ko‘zdan kechirildi. Deputat poliklinikada bemorlarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar, dori vositalarini qabul qilish, saqlash hamda aholiga yetkazib berish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi. O‘rganish jarayonida poliklinikada ambulatoriya xizmatlarini ko‘rsatish uchun yaratilgan sharoitlar, tibbiy xizmat sifati hamda sanitariya holati ham atroflicha ko‘rib chiqildi. Shuningdek, muassasaga murojaat qilgan bemorlar bilan suhbat o‘tkazilib, ularning fikr-mulohazalari va takliflari tinglandi. Tadbir davomida deputat poliklinikaga tashrif buyurgan fuqarolar bilan samimiy muloqot qilib, ularning muammolari, taklif va ehtiyojlarini o‘rgandi.
O‘rganishlar natijasida poliklinikada yaratilgan sharoitlar bugungi kun talablariga mos ekani, aholiga sifatli va qulay tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun zarur imkoniyatlar mavjudligi qayd etildi. 

Slide 1 of 7