Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“Gulistonobod” mahallasi yoshlar yetakchisi faoliyati oʻrganildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Davlat boshqaruvida ochiqlikni ta’minlashga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
янв.21
Yurt tinchligi yoʻlida xizmat qilgan faxriyga hurmat va eʼtibor
янв.21
"Sharq" mahallasida soliq bazasi va tushumlar tanqidiy tahlil qilindi
янв.21
Buxoroda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiali ochildi
Saylovchilar bilan muloqot: ko‘tarilgan masalalar amaliy o‘rganildi

#deputatlar_nazorati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️Saylovchilar bilan muloqot: ko‘tarilgan masalalar amaliy o‘rganildi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Sevara Fayziyeva hamda Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashi deputati Nigora Murotovalar “Qo‘yliqobod” mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazib, unda bildirilgan masalalar yuzasidan joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib bordi.

📝 O‘rganish jarayonida Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashi kotibiyati mudiri Alisher Kerimov, mahalla raisi Husan Norov hamda mahalla faollari ishtirok etdi. Dastlab, 215-sonli umumta’lim maktabi faoliyati bilan tanishildi.

🗣 Fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalar yuzasidan maktab direktori bilan suhbat o‘tkazildi. Suhbat davomida maktab sport maydonchasi mahalla aholisi uchun har kuni soat 16:00 dan 20:00 gacha ochiq ekani ma’lum qilindi. Shu bilan birga, sport maydonchasining ta’mirtalab holatda ekani qayd etilib, mazkur muammoni mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

💡 Shuningdek, uchrashuv davomida bolalar xavfsizligini ta’minlash maqsadida maktab hududiga kuzatuv kameralarini o‘rnatish masalasi ko‘tarilgan edi. O‘rganish natijasida maktab binosi va hududida jami 69 ta kuzatuv-nazorat kameralari o‘rnatilgani hamda ular doimiy ishlayotganligi aniqlandi.

🔎 Bundan tashqari, o‘rganish ishlari davomida Yashnobod tumani Tabibiy ko‘chasidagi holat ham ko‘zdan kechirildi. Mazkur ko‘chadagi 102-uy xonadonida eskirgan simyog‘och saqlanib qolganligi, undagi elektr simlari esa xonadon egalari uchun xavf tug‘dirayotgani aniqlandi. Shu kabi holatlar ko‘chaning boshqa qismida ham mavjud ekani qayd etildi.

💼 Aniqlangan muammolar yuzasidan mas’ul tashkilotlar rahbarlari bilan bog‘lanilib, shu kunning o‘zida zarur ko‘rsatmalar berildi. Fuqarolar tomonidan bildirilgan har bir murojaat deputatlar tomonidan doimiy nazoratga olinishi ta’kidlandi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 10