Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“Gulistonobod” mahallasi yoshlar yetakchisi faoliyati oʻrganildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Davlat boshqaruvida ochiqlikni ta’minlashga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
янв.21
Yurt tinchligi yoʻlida xizmat qilgan faxriyga hurmat va eʼtibor
янв.21
"Sharq" mahallasida soliq bazasi va tushumlar tanqidiy tahlil qilindi
янв.21
Buxoroda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiali ochildi
Sport zalning holati o‘rganildi

32-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi sport zalining holati o‘rganildi.

Qo‘shko‘pir tumanidagi 32-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi sport zali hamda undagi sport anjomlari va jihozlarining holati tuman kengashi deputati Azizbek Erkinov tomonidan o‘rganildi.
O‘rganish davomida sport zalining umumiy holati, yoritish tizimi, isitish tizimi hamda shamollatish (ventilyatsiya) tizimining ishlash holati atroflicha ko‘zdan kechirildi.
Bundan tashqari, sport anjomlari va jihozlarining mavjudligi va ularning texnik holati, sport zalida xavfsizlik qoidalarining ko‘rinarli joylarga osib qo‘yilgani hamda ularga amal qilinishi, shuningdek, birinchi tibbiy yordam qutisining mavjudligi va to‘liq jihozlanganligi ham alohida nazoratdan o‘tkazildi.
O‘rganish yakunida sport zalining moddiy-texnik bazasini yanada yaxshilash, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda o‘quvchilar uchun xavfsiz, zamonaviy va qulay sport muhitini yaratish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1