Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“Gulistonobod” mahallasi yoshlar yetakchisi faoliyati oʻrganildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Davlat boshqaruvida ochiqlikni ta’minlashga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
янв.21
Yurt tinchligi yoʻlida xizmat qilgan faxriyga hurmat va eʼtibor
янв.21
"Sharq" mahallasida soliq bazasi va tushumlar tanqidiy tahlil qilindi
янв.21
Buxoroda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiali ochildi
Kotib

O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan 15-Yuzrabot saylov okrugi bo‘yicha saylangan deputat B.Nurmatov Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Yuzrabot mahallasi hududida joylashgan 210-sonli umumta’lim maktabida olib borilayotgan qurilish ishlari bilan tanishdi.

Uchrashuv davomida maktabdagi qurilish jarayonlari, amalga oshirilayotgan ishlar sifati hamda qurilish muddatining kechikishiga sabab bo‘layotgan omillar o‘rganildi. Shuningdek, pudratchi tashkilot vakillari bilan muloqot qilinib, ob’ektni belgilangan muddatlarda sifatli yakunlash yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar berildi.

Shuningdek, mahalla hududida joylashgan 22-sonli ko‘p qavatli uy aholisi tomonidan bildirilgan murojaatlar ham o‘rganildi. Xususan, uy atrofidagi daraxtlarning qurigan va noto‘g‘ri o‘sgan shox-shabbalarini tartibga keltirish, ichki yo‘laklarda ayrim haydovchilar tomonidan noqonuniy tarzda avtomobillar turar joyi sifatida foydalanilayotgani, hududda transport vositalarining yuqori tezlikda harakatlanayotgani hamda 22-sonli uyga o‘rnatilgan kuzatuv kameralarining ishlamayotgani yuzasidan aholi murojaatlari tinglandi.

Mazkur masalalar yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga tegishli tartibda chiqish va amaliy choralar ko‘rish bo‘yicha takliflar bildirildi.

“Adolat” SDPning asosiy maqsadlaridan biri — aholi uchun xavfsiz, obod va qonuniy ijtimoiy muhitni ta’minlash, fuqarolar murojaatlariga yechim topish hamda jamoatchilik nazoratini kuchaytirishdan iborat.

Deputatlik faoliyati doirasida hududlardagi ijtimoiy ahamiyatga ega masalalarni o‘rganish va aholi muammolariga yechim topish ishlari izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 7