Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“Gulistonobod” mahallasi yoshlar yetakchisi faoliyati oʻrganildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Davlat boshqaruvida ochiqlikni ta’minlashga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
янв.21
Yurt tinchligi yoʻlida xizmat qilgan faxriyga hurmat va eʼtibor
янв.21
"Sharq" mahallasida soliq bazasi va tushumlar tanqidiy tahlil qilindi
янв.21
Buxoroda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiali ochildi
Deputat maktabdagi sog‘lom ovqatlantirish tizimi holatini o‘rgandi

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati F. Seydabdullayeva Sayapir mahallasidagi 8-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-avgustdagi 472-sonli qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish olib bordi.
O‘rganish davomida maktabdagi 1–4-sinfda tahsil olayotgan 399 nafar o‘quvchi uchun keytering usulida sog‘lom ovqatlantirish tizimi yo‘lga qo‘yilgani ma’lum bo‘ldi. Shuningdek, qaror talablaridan kelib chiqib, taomnomaning sifati, mahsulotlarning vazni hamda mazasi tahlil qilindi.
Deputat tomonidan o‘quvchilarning ota-onalari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomalar natijalari bilan ham tanishildi. Mazkur jarayonda tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mutaxassislari ishtirok etgani qayd qilindi.
O‘rganish yakunida qarorning 6-bob 32 va 33-bandlarida belgilangan buyurtmachining huquq va majburiyatlari qonunchilik hujjatlariga muvofiq tashkil etilgani aniqlandi.


 

Slide 1 of 1