Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“Gulistonobod” mahallasi yoshlar yetakchisi faoliyati oʻrganildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Davlat boshqaruvida ochiqlikni ta’minlashga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
янв.21
Yurt tinchligi yoʻlida xizmat qilgan faxriyga hurmat va eʼtibor
янв.21
"Sharq" mahallasida soliq bazasi va tushumlar tanqidiy tahlil qilindi
янв.21
Buxoroda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiali ochildi
Tibbiy xizmat sifati deputatlar diqqatida

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashiga 23-Ko‘liyon saylov okrugidan saylangan deputat U.Ro‘ziyev hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri I.Xolov va bosh mutaxassis R.Murodovlar birgalikda “Ko‘liyon” mahallasi hududida joylashgan 20-oilaviy poliklinika faoliyatini o‘rgandilar.
✔️O‘rganish jarayonida 21140 nafar aholiga xizmat ko‘rsatuvchi poliklinikada, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati, shifokorlar va o‘rta tibbiyot xodimlarining faoliyati, dori-darmon ta’minoti hamda bemorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, fuqarolarning tibbiy xizmatdan rozilik darajasi va mavjud muammolar yuzasidan fikr-mulohazalari tinglandi.
✔️Mutasaddilar tomonidan aholiga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatish, ayniqsa, profilaktik tibbiy ko‘riklarni tizimli tashkil etish, onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish, surunkali kasalliklarni erta aniqlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
✔️O‘rganish davomida aniqlangan ayrim kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi. Shu bilan birga, tibbiyot muassasasida xizmat sifatini yanada yaxshilash va aholiga qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha takliflar bildirildi.
✔️Bunday o‘rganishlar aholining tibbiy xizmatdan mamnunligini oshirish, soha faoliyati ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirish hamda joylardagi muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 7