Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“Gulistonobod” mahallasi yoshlar yetakchisi faoliyati oʻrganildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Davlat boshqaruvida ochiqlikni ta’minlashga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
янв.21
Yurt tinchligi yoʻlida xizmat qilgan faxriyga hurmat va eʼtibor
янв.21
"Sharq" mahallasida soliq bazasi va tushumlar tanqidiy tahlil qilindi
янв.21
Buxoroda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiali ochildi
Ichki yo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi

🔷O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-oktyabrdagi PQ-330-son hamda Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktyabrdagi 665-son qarorlariga asosan xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining tegishli qarori bilan tumanning ichki yo‘llarini ta’mirlash uchun mablag‘lar ajratilgan.

🔷Ushbu qaror ijrosi yuzasidan tumanning “Navro‘z” mahallasi, Mustaqillik ko‘chasida amalga oshirilgan ishlar Kengash raisi O.Babayev, deputatlar M.Ashurov, J.Sadirov, kotibiyat xodimi M.Tursunbayeva tomonlaridan o‘rganildi. Bunda asfalt qoplamasini yangilash, yo‘l yoqalarini tartibga keltirish ishlari, ta’mirlanayotgan yo‘llarda qurilish me’yorlari va sifat talablariga rioya etilishiga alohida e’tibor qaratildi.

🔷O‘rganish davomida deputatlar pudratchi tashkilotlar va mas’ullar bilan muloqot qilib, ishlar sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlanishi yuzasidan o‘z taklif va tavsiyalarini bildirdi. Shu bilan birga, yo‘llarning uzoq muddat xizmat qilishi uchun qurilish materiallari sifati va texnik nazoratni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

🔷Deputatlar tomonidan ushbu sohada amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan jamoatchilik nazoratini davom ettirish, aholi murojaatlarini inobatga olgan holda qo‘shimcha takliflarni shakllantirish va dastur ijrosini tizimli nazorat qilish ishlari davom ettirilishi qayd etildi.

Slide 1 of 4